Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:35

Rossiyaning Obamaga qarshi irqchi reklamalari


Obamani nishonga oluvchi irqchilik Vashington va Moskva o‘rtasidagi aloqalar taranglashganidan keyin potrab ketdi.
Obamani nishonga oluvchi irqchilik Vashington va Moskva o‘rtasidagi aloqalar taranglashganidan keyin potrab ketdi.

Avvaliga Rossiyaning Qozon shahrida Obamaning quloqlari maymunnikidek qilib chizilgan rasmi tushirilgan go‘sht maydalash taxtachalari sotuvga qo‘yildi.

Keyinroq Moskvada joylashgan bino devorlariga lazerlar yordamida Obamaning banan yeyayotgani aks etgan rasmi tushirildi.

Endi esa Blagoveshensk shahrida AQSh prezidentini haqoratlovchi avtomobillarni yuvish joyi ochildi.

Yuvish joyi “Abama” deb ataladi. Bino darvozasi ustidagi bannerda esa Obamaning afti burishgan rasmi bilan “Barcha qorani yuvamiz” degan yozuvni ko‘rish mumkin.

AQShning Moskvadagi elchixonasi matbuot kotibi Twitterda “Rossiyada yana bir askil-Obama irqchi reklama. Avtomobillarni yuvish joyi “barcha qorani yuvish”ni va’da qilmoqda”, deb yozdi.

Banner haqida ilk bor Amur.info yangilik portali xabar berdi. Unga ko‘ra, yuvish joyining egasi o‘z biznesini nega bunday nomlagani haqida hali fikr bildirgani yo‘q. Maqolani o‘qiganlar esa bannerning irqchilik yo‘sinida ekanligi yoki yo‘qligi borasida bahslashishdi.

“Bu vatanparvarlikdan ko‘ra ko‘proq ahmoqlikka o‘xshadi”, deb yozdi mushtariylardan biri.

Rossiyaliklarning AQSh Ukrainani qurol bilan ta’minlagan, degan xato fikrini nazarda tutib, boshqa bir o‘quvchi “Menimcha, Obama bunga loyiq. Minglab vatandoshim u ta’minlagan va sotgan qurollar sabab halok bo‘ldi”, deya fikr bildirdi.

AQSh Ukrainani letal qurol-aslaha bilan ta’minlagani yo‘q.

Boshqa bir o‘quvchi o‘z reklamalarida qora tanli qahramonlardan foydalanuvchi Uncle Ben’s pomidor sousini ishlab chiqaruvchi Amerika shirkatini misol keltirib, Blagoveshenskda Obama chehrasidan foydalanilganini himoya qildi.

Amur.info maqolasida biror reklama odob-ahloqqa zid bo‘lsa yoki birovni haqoratlasa, mahalliy rasmiylar uni olib tashlashni buyurish huquqiga ega ekanligi aytiladi. Ammo shahar rasmiylari “Abama” haqida hali hech kim arzlanmaganini bildirishgan.

Rossiya madaniyatida afrikaliklar, sharqiy osiyoliklar, markaziy osiyolik muhojirlar hamda kavkazliklarga qarshi irqchilik va millatchilik chuqur ildiz otgan. Bu holni irqchilik yo‘sinidagi reklamalarda, slavyan bo‘lmagan ozchiliklarga qarshi zo‘ravonliklarda kuzatish mumkin.

O‘tgan yilda Tataristonda mahalliy supermarketlar tarmog‘i Obamaning odamsimon shimpanzelar bilan o‘tirgani aks etgan go‘sht maydalash taxtachalarini sotgani uchun uzr so‘ragan edi.

XS
SM
MD
LG