Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:44

Freedom House O‘zbekistonni yana erkinliklar eng ko‘p bo‘g‘ilgan mamlakatlar qatoriga kiritdi


Freedom House xalqaro inson huquqlari tashkilotining 27 yanvar kuni yoyinlangan “Dunyodagi erkinlik-2016” hisobotida O‘zbekiston yana erkinliklar eng ko‘p bo‘g‘ilgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. “Eng yomonlar” ro‘yxatida 3-o‘rinda turgan O‘zbekistonda inson haqlari maksimal darajada bo‘g‘ilgan.

Hisobot mualliflari O‘zbekistonda siyosiy erkinliklarga rioya qilinish darajasiga ham, fuqaroviy erkinliklarga rioya qilinish darajasiga ham 7 ball berganlar.

Tashkilotning tadqiqot metodologiyasiga muvofiq, har bir mamlakatdagi erkinlik darajasiga 1 balldan 7 ballgacha baho beriladi. Ya’ni bu erda 1 ball olgan mamlakatlar inson haqlariga rioya qilinishi bo‘yicha eng erkin, 7 ball olgan mamlakatlar esa inson haqlari eng ko‘p bo‘g‘ilgan davlatlar bo‘lib hisoblanadi.

Jahonning 195 ta mamlakatidagi siyosiy va fuqaroviy erkinliklarga baho berilgan “Dunyodagi erkinlik-2016” hisobotida mamlakatlar erkin, qisman erkin va erkin bo‘lmagan mamlakatlarga bo‘lingan. Erkin bo‘lmaganlar orasida “yomonlar yomoni” qatorida sanalgan mamlakatlar ichida O‘zbekiston ham bor.

Hisobotdan kelib chiqilsa, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida erkinliklar bo‘g‘ilishi bo‘yicha nafaqat Tojikiston va Qozog‘istonni, balki avtokratiya hukmron bo‘lgan Turkmanistonni ham ortda qoldirgan. Ayni paytda mintaqa davlatlari orasida faqat Qirg‘iziston bu yilgi reytingda “qisman erkin” mamlakatlar qatoriga kiritilgan.

O‘zbekiston “Dunyodagi erkinlik” reytingida ko‘p yillardan buyon “yomonlarning yomoni” bo‘lgan mamlakatlar qatoridan joy olib keladi.

XS
SM
MD
LG