Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:30

Ruhoniy yevropalik investorlarga Eronni "tinch va barqaror" deb ta’rifladi


Eron Prezidenti Hassan Ruhoniy Rimda biznes elita vakillari bilan uchrashuvi paytida mamlakatini mintaqadagi eng "tinch va barqaror", deb ta’rifladi.

Shu kunlarda Ruhoniyning Yevropa davlatlariga to‘rt kunlik safari davom etmoqda. Bu Eron rahbarining qariyb 20 yil ichidagi ilk safaridir.

Safari davomida Ruhoniy xorijiy sarmoyadorlarni Eronga taklif qilishga e’tibor qaratayotgani kuzatilmoqda. 26 yanvar kuni ertalab Ruhoniy Twitter tarmog‘idagi sahifasida Italiya Bosh vaziri Matteo Renzi Eronga safar qilishi haqida xabar qoldirdi.

28 yanvarь kuni Ruhoniy Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan uchrashish uchun Parijga boradi.

Tashrif oldidan Eron rasmiylari Tehron Airbus konsorsiumidan 114 uchoq sotib olishini bildirgan.

XS
SM
MD
LG