Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:25

O‘zbekistonlik huquq faollari Bryusselda Yevroparlament vakillari bilan uchrashdi


Bryusellda Markaziy Osiyo jamiyati ushbu mintaqa ekspertlari va huquq faollari ishtirokida Markaziy Osiyoning kelajagi, bu mintaqadagi 5 respublika o‘rtasidagi integratsiya muammolariga bag‘ishlangan davra suhbatini uyushtirdi.

Asosiy e’tibor ushbu mintaqada inson huquqlarining ayanchli ahvoli muhokamasiga bag‘ishlangan.

25 yanvarda boshlanib, 29 yanvargacha davom etadigan tadbir ishtirokchilarining Yevropa parlamenti deputatlari, parlamentning Markaziy Osiyo bilan aloqalarga mas’ul delegatsiyasi vakillari bilan qator uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Hozirgacha O‘zbekiston va Markaziy osiyolik faollar Yevropa Parlamentining Inson huquqlari va fuqarolik jamiyati masalalari bo‘yicha rasmiylari Sessiliya Vikstrom va Yasenko Selmovichlar bilan uchrashdi.

XS
SM
MD
LG