Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:14

Тojikistonda qo‘qqisdan xavfsizlik choralari kuchaytirildi


24 yanvar erta tongdan boshlab Tojikistonning barcha shahar va tumanlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Ozodlik muxbirining aytishicha, poytaxt Dushanbeda muhim davlat idolari o‘ngida va gavjum ko‘chalarda ko‘p sonda xavfsizlik xodimlarini ko‘rish mumkin.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligining so‘zchisi, Jaloliddin Sadriddin Ozodlik tojik xizmati muxbiri bilan suhbatda mamlakatda vaziyat butunlay tinch ekani va huquq-tartibot idoralarining ko‘chalarga joylashtirilishidan tayyorgarlik holatini tekshirish maqsadi ko‘zlanganini aytdi.

“Shaxsiy hay’at tayyorligini tekshirish odatiy holat. Vaziyat butunlay tinch. Faqat bir oyda bir-ikki marta tayyorgarlik holati tekshiriladi,” dedi Jaloliddin Sadriddin.

Xo‘jand, Ko‘lob va Qo‘rg‘onteppa kabi yirik shaharlarda ham xavfsizlik choralari qo‘qqisdan kuchaytilgani haqida xabarlar kelmoqda.

Ozodlik manbalarining bildirishicha, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi yirik shaharlarda militsiya va xavfsizlik xodimlari kazarma holatiga o‘tkazilgan.

Shuningdek, ba’zi shahar va tumanlarga kiraverishda qo‘shimcha nazorat nuqtalari o‘rnatilgan.

Hozirgacha xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani sababi ma’lum emas, ammo Ozodlik muxbiri bilan suhbatda militsiya xodimlari huquq-tartibot xodimlarining ko‘chalar, xiyobonlar va muhim davlat idoralariga joylashtirilishi bu tuzulmalar tayyorligini tekshirish maqsadida o‘tkazilishini bildirdilar.

Tojikiston rasmiylari yuzaga kelgan holat yuzasidan hozirgacha hech qanday rasmiy ma’lumot berganlari yo‘q.

Oxirgi marta bunday xavfsizlik tadbirlari o‘tgan yil sentyabrida Dushanbe va Vahdat shaharlarida politsiya idoralariga qilingan qurolli hujumlardan keyin olingan edi.

O‘shanda Tojikiston hukumati qurolli hujumlar uchun Mudofaa vazirining sobiq muovini Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi qurolli guruhni ayblab chiqdi.

Ko‘p o‘tmay Tojikiston Ichki ishlar vazirligi Dushanbe sharqidagi Romit darasida Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi qurolli guruh tor-mor etilgani va isyonchi generalning o‘zi o‘ldirilgani haqida bayonot berdi.

XS
SM
MD
LG