Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:22

Kerri: AQSh va Saudiya munosabatlari har qachongidan ham yaxshiroq


AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, AQShning Saudiya Arabistoni bilan do‘stligi har qachongidan ham kuchliroq.

U iki mamlakat Suriya va Yamandagi urushlarni tugatish yo‘lida hamkorlikni davom ettirishini bildirdi.

Jon Kerrining bu gaplari 24 yanvar kuni Ar-Riyodga safari so‘ngida yangradi.

Kerrining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar "Saudiya Arabistoni bilan har qachongidan ham kuchliroq do‘stlikka ega" va Eron bilan yadroviy bitim imzolangani "hech narsani o‘zgartirgani yo‘q”.

Saudiya Arabistoni Eronni uzoq yillardan buyon mintaqa uchun xavf deb hisoblaydi.

O‘tgan hafta imzolangan shartnoma ortidan Eronga nisbatan iqtisodiy jazolarni olib tashladi va Tehron muzlatib qo‘yilgan milliardlab dollaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.

Kerrining aytishicha, u qirollik rasmiylari bilan Suriyada urushga yakun yasash yo‘llari va Yamanda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha “yangi g‘oyalar”ni muhokamа qilgan.

XS
SM
MD
LG