Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:55

Bugun Litvinenko o‘limi yuzasidan olib borilgan tergov xulosalari e’lon qilinadi


Bugun Britaniya tergov organlari Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Aleksandr Litvinenkoning o‘limi yuzasidan olib borilgan tergovning yakuniy xulosalarini e’lon qiladi. Litvinenko Londonda 2006 yilda radioaktiv poloniydan zaharlanib halok bo‘lgan edi.

Chorshanba kuni Rossiya narkotiklar aylanmasiga qarshi kurash Federal xizmati rahbari Viktor Ivanov o‘zining Litvinenko o‘limiga aloqador ekanini rad etdi. U Britaniyaning Guardian gazetasiga bergan intervyusida London tergovchilari o‘tkazgan tergovni siyosiy buyurtma, deb baholadi.

Avvalroq Litvinenko prezident Vladimir Putinga yaqin amaldorlar, jumladan, Viktor Ivanovning jinoyat olami bilan aloqalarga egaligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lgani uchun zaharlab o‘ldirilgan, degan taxmin bildirilgan edi.

XS
SM
MD
LG