Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:06

Rezagulning kesib tashlangan burni Turkiyada yopishtiriladigan bo‘ldi


Afg‘oniston shimol-g‘arbidagi Foryob viloyatining chekka qishloqlardan birida rashkchi eri tomonidan burni kesib tashlangan 20 yashar Rezagulni davolashni turkiyalik vrachlar o‘z zimmalariga olishdi. Rezagul yaqin kunlar ichida Turkiyaga olib ketilishi va o‘sha yerda uning burni tiklanishi aytilmoqda.

Foryob viloyatining Maymana shahridagi afg‘on-turk qo‘shma shifoxonasi vrachlari burnidan ayrilgan 20 yashar Rezagulni Turkiyaga olib borib, plastik-jarrohlik amaliyoti o‘tkazishini aytdilar.

25 yoshli Muhammad Xon 18 yanvar kuni jahl ustida o‘zining yigirma yashar xotini Rezagulning burnini kesib tashlagan va o‘zi Faryob viloyatining tolibon jangarilari nazoratidagi qismiga qochib ketgan edi.

Rezagulning aytishicha, eri uni qattiq rashk qilib burnini kesib tashlagan:

“O‘sha kuni men uyda edim. Erim kelib, mendan “qaerga va nimaga borgan eding”, deb so‘radi. Men uydan chiqmaganimni aytdim. Erim ishonmadi va mening gaplarimga ham quloq solmay meni yotqizdida, pichog‘ini chiqarib burnimni kesib tashladi. Sharillab oqqan qonni ko‘rgan erim shundan so‘ng uydan chiqib ketdi”, deydi Rezagul.

Афғонистонда бурни кесиб ташланган Ризогул
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:47 0:00

Rezagulning onasiga ko‘ra, kuyovi uning qizini doim kaltaklab kelgan:

“Qizimning hech qanday gunohi yo‘q edi. Eri doim uni urib tepardi. Endi qizimning burnini kesganidan so‘ng Chilgazi yoki Qaysor mintaqasiga qochib ketdi”, dedi jabrdiyda onasi.

Afg‘onistonda erlarining o‘z xotinlari burni va lablarini kesib tashlash hollari ko‘p kuzatiladi. Foryobdagi so‘nggi hodisa mahalliy aholi tarafidan g‘azab bilan qarshi olindi.

O‘tgan yillar davomida burun va lablari erlari tomonidan kesib tashlangan ko‘plab ayollar mamlakatdagi insonparvarlik tashkilotlari va saxovatli insonlarning moliyaviy ko‘magida chet davlatlarda burnini tiklab qaytishga ham muvaffaq bo‘lishdi.

Afg‘oniston qonunchiligiga ko‘ra, birovning burnini kesib tashlash kabi jinoyatga qo‘l urgan shaxs yetti yildan ko‘proq qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.

Lekin, Afg‘onistonda bunday jinoyatga qo‘l urgan erkaklarning aksar hollarda jazodan qutilib qolishlari ko‘p kuzatiladi.

XS
SM
MD
LG