Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:01

JB: O‘zbekistonni iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga tayyormiz


Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller bank bundan buyon ham O‘zbekiston iqtisodiyotini rviojlantirish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanini ma’lum qildi.

Mahalliy matbuotning 19 yanvar kuni bildirishicha, bu borada Siril Myuller O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga jo‘natgan rasmiy maktubda gap boradi.

“Jahon banki guruhi bizning O‘zbekiston bilan hamkorligimizni yuqori baholaydi va bundan buyon ham mamlakat bilan hamkorlik konsepsiyasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishda davom etadi”, deyiladi maktubda.

O‘zbekiston va Jahon banki tomonidan imzolangan 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik strategiyasi doirasida Jahon banki yanvar oyida O‘zbekistonga 3,5 -4 milliard dollarlik kredit berishi kutilmoqda.

2012-2015 yillardagi hamkorlik strategiyasi doirasida Jahon banki O‘zbekistonga 1 milliard 973 million dollar qarz bergan edi.

XS
SM
MD
LG