Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:58

O‘zbekiston paxta yetishtirishni 350 ming tonnaga kamaytirmoqchi


O‘zbekiston kelasi to‘rt yil ichida mamlakatda yetishtiriladigan paxta hajmini 3 million 350 ming tonnadan 3 million tonnaga kamaytirishni rejalamoqda.

Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘inida ta’kidladi.

Janob Karimovga ko‘ra, bu jahon bozorida paxta tolasining narxi va unga bo‘lgan talabning keskin pasayib ketishi bilan bog‘liqdir.

Shuningdek, Karimov paxta yetishtirish hajmi 350 ming tonnaga qisqarishi tufayli 170 ming 500 gektar yer paxtadan bo‘shatilishi va ular o‘rniga boshoqli don, kartoshka, meva, uzum ekilishi uchun yo‘l ochishini ta’kidladi.

Paxta O‘zbekistonning asosiy eksport mahsuloti bo‘lib, davlat tomonidan tashkillashtiriladigan ommaviy safarbarlik asosida yig‘ib olinadi.

O‘zbekiston paxta dalalarida majburiy mehnat tufayli xalqaro tanqidlar ostida qolgan.

Mutaxassislar O‘zbekiston paxta maydonlarini keskin qisqartirish va yerdan foydalanish yo‘llarini rang-baranglashtirish lozimligini yillardan beri aytib kelishadi.

XS
SM
MD
LG