Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:56

Moskvada kinorejissyor Shuhrat Abbosovning yubiley kechasi o‘tkaziladi


18 yanvar kuni Moskvadagi Kinochilar uyida SSSR xalq artisti, o‘zbekistonlik kinorejissyor Shuhrat Abbosovning 85 yoshga to‘lishi munosabati bilan yubiley kechasi o‘tkaziladi. Bu haqda Podrobno.uz sayti Moskvadagi O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi ma’lumotiga tayangan holda xabar qiladi.

Mazkur kecha Rossiya Kinematografistlar uyushmasi, Rossiya kino aktyorlari gildiyasi, UzTvRus va boshqa tashkilotlar ko‘magida uyushtirilmoqda.

O‘zbek kinorejissyori Shuhrat Abbosov ko‘plab kartinalar, shu jumladan, “Sen yetim emassan”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Toshkent – non shahri”, “Mahallada duv-duv gap” kabi mashhur filmlarni suratga olgan.

XS
SM
MD
LG