Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:45

O‘zbekistonda Orol fojeasiga oid marka chiqarildi


O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘tgan hafta “Orol dengizi ofati” deb nomlangan pochta markasini muomalaga kiritdi. Bu haqda mazkur markani tayyorlagan “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati ma’lumot tarqatdi.

Shirkat ma’lumotiga ko‘ra, “Orol dengizi ofati” nomli pochta markasi Butunjahon pochta ittifoqining tavsiyasiga binoan “Orol dengizi ekologik ofati oqibatlarini yumshatish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Markada Orol dengizi ekologik ofati tasvirlangan.

Ofset usulida bosilgan va bir necha rangda ishlangan markaning o‘lchami 52×37 mm ekani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG