Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:52

Turkiya o‘zbekistonliklarga viza rejimi haqidagi xabarni inkor qildi


Turkiya Tashqi ishlar vazirligi 89 davlat fuqarosi, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga viza rejimi joriy qilinishi haqida turk matbuotida chiqqan xabarlarni inkor qildi.

Vazirlik rasmiy saytida bunday xabarlar "mutlaqo asossiz" deb qoralandi.

Bunga qadar HaberIzmir nashri shu yilning iyun oyidan boshlab Turkiya dunyoning 89 davlatiga nisbatan viza tartibini joriy qilishni rejalayotgani, ro‘yxatda MDHning Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Gruziya kabi davlatlari ham borligini xabar qilgan edi.

Ayni paytda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqiga kirish iznini beruvchi shengen vizasini bekor qilish bo‘yicha muloqotlar davom etayotganini bildirdi.

O‘zbekiiston fuqarolari Turkiyaga 30 kungacha muddatga vizasiz kirishi mumkin. Ammo, Turkiya fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kira olmaydi.

XS
SM
MD
LG