Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:22

Parijda 150dan ortiq terror qurboni xotirlangan marosimga minglab odam yig‘ildi


Minglab odam Parij markaziga yig‘ilib, o‘tgan yili bu shaharda bo‘lgan bir necha terror hujumida qurbon berilgan qariyb 150 kishini xotirlamoqda.

Prezident Fransua Olland va Parij meri Anna Hidalgo shaharning Respublika maydonida hujum qurbonlari xotirasiga ekilgan eman daraxtlari poyida qurbonlar nomi bitilgan xotira monumentini ochib berdi.

Marosimda fransiyalik rokker Jonni Xolliday qo‘shiq kuyladi, shuningdek, fransuz armiyasi xor jamoasi milliy gimnni ijro qildi.

Bu marosimlarda, shuningdek, o‘tgan yili noyabr oyidagi hujumlarning 130 qurboni ham xotirlandi. Bu hujumlar uchun mas’uliyatni "Islomiy davlat" terror guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Xotira marosimiga qurbonlarning yaqini bo‘lgan mingdan ortiq mehmon taklif qilingan.

Ayni paytda, Fransiya musulmonlari marosim kunlarida mamlakatdagi barcha masjidlar istovchilar uchun ochiq va muloqotga hozir ekanini e’lon qildi. Bu yo‘l bilan fransiyalik musulmonlar mo‘’tadil Islomning ekstremistlarga aloqasi yo‘qligini namoyish qilish niyatini bildirmoqda.

XS
SM
MD
LG