Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:49

Namanganda hokimiyat kesgan chinor yo‘lovchini bosib o‘ldirdi


Namangan viloyatining Uychi tumani markazida hokimiyat ishchilari kesgan katta chinor daraxti yo‘lovchilardan birini bosib qoldi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, 54 yashar traktorchining joni kasalxonaga olib borilayotgan paytda uzilgan. Hokimiyat vakili chinor kesilayotgan joy atrofi o‘rab olingani, bu odam esa ogohlantirishlarga e’tibor bermaganini aytmoqda.

Uychi tumanida velosipedda ketayotgan bir odam kesilayotgan chinorlardan birining tagida qolib halok bo‘ldi. O‘zbekistonda so‘nggi bir necha yil davomida yuzlab chinor daraxti tag-tugi bilan kesib tashlangani ma’lum. Ammo bu bema’ni amaliyot ilk bor inson o‘limiga sabab bo‘ldi.

Ozodlik radiosi ushbu noxush voqea aks etgan videoni eksklyuziv tarzda qo‘lgan kiritdi.

Наманганнинг Уйчисида кесилган катта чинор бир одамни босиб қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:31 0:00
Бевосита линк

Amir Temur ko‘chasidagi katta chinorni kesishayotganini videotasvirga olinayotgan paytda ob’ektivda velosipedli shaxs paydo bo‘ladi.

Tasvirga tushirayotgan kishimi yoki boshqa odamlarmi bu kishiga u yoqqa bormaslikni va qaytishni iltimos qilishadi. Lekin velosipedli odam qo‘llarini u yoq bu yoqqa ko‘rsatib bir nimalar deydi. Chinorni kesayotgan arra shovqinida uning ovozi tiniq eshitilmaydi.

Odamlarning "hoy to‘xtang, hoy tog‘a" deganiga qaramasdan velosipedli odam katta yo‘l bo‘ylab harakatda davom etadi. Shu payt kesilgan chinor qulay boshlaydi va odamlarning “qoch-qoch” degan baqiriqlari eshitiladi.

Velosipedli odam ortiga ham qaramasdan tez-tez hayday boshlaydi va qulayotgan chinorning tagida qoladi.

Uychi tumani hokimiyatining obodonlashtirish boshqarmasida ishlaydigan mulozimning mikrofonsiz suhbatda Ozodlikka aytishicha, bu odam Umid mahallasida istiqomat qilgan 54 yashar Ikromjon Ochilov bo‘lgan.

Uning asl kasbi traktorchi bo‘lib, qish paytlari 26-maktabdagi qozonxonada ishlagan. O‘sha kuni u ishga borayotgan paytda shu hodisa sodir bo‘lgan.

Chinorning singan shoxlaridan biri Ikromjonning bo‘ynidan teshib o‘tgan va uning joni kasalxona yo‘lida uzilgan.

Mulozim Amir Temur ko‘chasidagi chinorlar obodonlashtirish dasturiga binoan yo‘lni kengaytirish uchun kesilayotganini aytdi:

“Biz yo‘lni to‘sib, tomoshabin odamlarni uzoqda turishlarini ta’minladik. Videoda ko‘rganingizdek, bu odam ogohlantirishlarga ham quloq solmay xavfli zonaga o‘zi kirib ketdi”, dedi mulozim.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining shaharlarni obodonlashtirish dasturiga binoan soya beradigan yuzlab qadim chinor va boshqa daraxtlar kesib tashlandi.

XS
SM
MD
LG