Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:02

IShIDchiga chiqarilgan jizzaxlik nasroniy ustidan sud boshlandi


IShIDga xayrixohlikda gumon qilinib, 4 sentyabrdan beri hibsda qolayotgan jizzaxlik fermer, asli millati arman bo‘lgan nasroniy diniga e’tiqod qiluvchi Aramais Avakyan va uning to‘rt nafar sherigi ustidan chorshanba kuni sud boshlandi.

Jizzax huquq-tartibot organlaridagi Ozodlik manbasining aytishicha, sud majlisiga hakam Asqar Mamarahimov raislik qilmoqda. Sud majlisi Jizzax viloyat prokuraturasi vakili Shavkat Turdibekov va advokat Laylo Abdullaeva ishtirokida o‘tayapti.

Voqeani yoritish uchun Toshkentdan kelgan jurnalistlar sud zaliga kiritilmagan.

IShIDga hayrixohlik ayblovi

Sud majlisida qatnashgan huquq-tartibot organlaridagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ mahkama ayblov xulosalarini e’lon qilish bilan vaqtincha yakunlangan:

“Sudya Asqar Mamarahimov oldin ayblanuvchilarni tanishtirdi va ayblov hulosasini o‘qib berdi. Bu xulosaga ko‘ra¸ 33 yashar Aramais Avakyan va uning 4 nafar sherigi zimmasiga “O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish” (O‘zb.JK 159-modda) va “Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish” (O‘zb.JK 244-modda) kabi moddalar bo‘yicha ayblov yuklandi. Bundan tashqari Avakyanga 169-modda, ya’ni “o‘g‘irlik” bo‘yicha ham ayblov e’lon qilindi. Avakyan gaz trubalarini o‘g‘irlab fermerlarga sotganlikda ayblandi. Avakyan ishtirokida 2006 yil ro‘y bergan mushtlashuv epizodi ham eslatildi. Shundan keyin sudya dushanba kuniga qadar maslahatda qolishini aytib tanaffus e’lon qildi ", dedi Ozodlik manbasi.

Mahbus itlar bilan qo‘riqlanmoqda

Ayblanuvchi Aramais Avakyanning xotini Shirin Tosheva mahkamaga rasman chaqirilmagan bo‘lsa ham o‘z tashabbusi bilan ishtirok etganligini aytadi:

-Sud bo‘lishi haqida menga rasman bildirishmadi. Erimning do‘stlaridan biri suddan habar topib, qaynanam va meni mashinasiga solib sudga olib bordi. Erimni tergov paytida rosa qiynaganlari shundoq ko‘rinib turibdi. Bir burda bo‘lib qolgan. Sudya o‘rningdan tur desa zo‘rg‘a qiynalib joyidan turdi. Sud tugaganidan keyin uni qafasdan chiqarib ko‘chadagi qamoq mashinasiga olib ketishayotgtanda qaynonam u bilan ko‘rishishga talpindi. Erimni qo‘liga kishan solib olib ketayotgan militsiyalar qaynanamni ustiga itlarini vovillatib hamla qildirishdi. Yaqin kelsang itni qo‘yib yuboraman seni g‘ajib tashlaydi deb qo‘rqitishdi¸- deydi suhbatdosh.

Laqqa baliqdan boshlangan nizo

Jizzaxlik fermer, asli millati armani bo‘lgan Aramais Avakyan IShIDga xayrxohlikda gumon qilinib, 4 sentyabrdan beri hibsda qolmoqda. Ammo yaqinlari 33 yashar Avakyanning hibsga olinishiga uning fermerlik faoliyati sabab bo‘lganini aytishadi. Yaqinlari uning tergov davomida qiynoqqa tutilayotganini aytishmoqda.

Hibsga olingan Avakyanning turmush o‘rtog‘iga ko‘ra¸ hammasi Paxtakor tumanida yashaydigan Aramais Avakyanning baliq hovuzidan boshlangan.

“Hozir qamoqqa olingan Furqat Jo‘raev, Akmal, Temur ismli yigitlar Aramaisning baliq hovuzida birga ishlashgan. Dilshod Alimov esa ijaraga olingan Neksiya avtomashinasida Aramais va uning brigadasidagi yigitlarning xizmatini qilib yurgan. Hovuz masalasida hokim bilan chiqqan nizo kattayib ketdi”, deydi suhbatdosh.

Fermer Aramais Avakyan bundan ikki yil avval Paxtakor tumanida ikkita xovuz ochib, u yerda baliq xo‘jaligi tashkil qiladi.

Tadbirkor hovuzni tozalatirib, Chinoz tumanidan mayda baliq urug‘larini keltirib, baliq yetishtirish bilan shug‘ullangan.

Ikki yil o‘tib hovuzdagi baliqlar kattayib ko‘payib ketgan paytda hokim bilan fermer o‘rtasida nizo chiqadi, deydi voqeani o‘rgangan Ulug‘bek Haydarov.

“Ikki hovuzda taxminan 70-80 tonna baliq yetishtirilgan. Fermer Aramais Avakyan baliqlarni sotishni boshlamoqchi bo‘lganida hokim bilan nizolashadi. Menga aytishlaricha, Paxtakor tumani xokimi Sobir Qarshiboev katta foyda keltirishi aniq bo‘lgan hovuzni o‘zining yaqinlaridan biriga olib bermoqchi bo‘lgan. Hokim va Aramais o‘rtasidagi suhbat janjal bilan tugagan. Bilishimcha, hokim Aramaisga “Seni turmada chiritaman!” deb baqirganini odamlar eshitgan”, deydi Ulug‘bek Haydarov.

"Jim qilish" tadbiri

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Aramais Avakyan va uning to‘rt nafar sherigi ustidan ochilgan jinoiy ishni Jizzax viloyati bosh prokurori Baxtiyor Abdullaevning shaxsan o‘zi nazorat qilmoqda.

Manbamizning aytishicha Jizzax viloyati bosh prokurori Baxtiyor Abdullaev va Jizzax viloyat MXX rahbariyati Aramais Avakyan bilan boshliq ishning xalqaro matbuotga chiqib ketmasligi uchun mahbuslarning yaqinlariga bosim o‘tkazgan.

Avakyanni so‘roq qilgan MXX tergovchisi Sherzod Holovga yaqin manbaning aytishicha¸ mahbuslar¸ xususan, Avakyanning xotini va onasining chet el radiolariga hususan Ozodlik radiosining arman hizmatiga suhbat bergani prokuror va tergovchilarni g‘azabini qo‘zg‘agan:

-Hozir Avakyanning xotini va onasining uyi narujniy nablyudeniyada. (uyni oldiga mashina qo‘yib kuzatish) Iloji boricha ularni jim qilish choralari ko‘rilmoqda¸ deydi manba.

Hibsga olingan Avakyanning xotini Shirin Tursunovaning aytishicha¸ uni jim qilish uchun otasiga bosim o‘tkazishgan:

-Otamga qizingni jim qil¸ radioga gapirmasin deyishgan. O‘shandan keyin otam meni oq qildi. Sizlarga suhbat berganimdan keyin akamni va otamni burchakka tiqishgan. Akam men singlimga ta’sir qila olmayman degan, otam bo‘lsa meni unday qizim yo‘q, deb namoyishkopona oq qildi¸ deydi Shirin Tursunova.

Bundan oldin 14 dekabr kuni Shirin Tursunova doxil qamalganlarning yaqinlari sud bo‘lmasdan turib mahallada sazoyi qilingan edi.

Bobur maxallasida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida mahalla raisi hali ustidan sud hukmi o‘qilmagan Aramais Avakyanni “IShIDchi va terrorchi”, deb atagan va MXXdan kelgan tavqi –lan’at maktubini o‘qib bergan edi.

XS
SM
MD
LG