Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:12

O‘zbekistonda minimal soliq miqdori 1 foizga kamaytirildi


O‘zbekistonda 2016 yil 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan minimal soliq miqdori 1 foizga kamaytirildi.

Norma.uz nashrining xabar berishicha, minimal ish haqining 1dan 5 darajasigacha bo‘lgan miqdorida daromadga ega shaxslardan olinadigan minimal soliq miqdori 7,5 foiz qilib belgilandi. Avval bu ko‘rsatkich 8,5 foiz darajasida edi. O‘rtacha daromadga ega shaxslardan olinadigan soliq miqdori esa avvalgi 6,2 foiz o‘rniga 5,5 foiz qilib belgilandi.

Xabarda aytilishicha, soliq miqdorining ozaytirilishi ortidan aholining daromdalari 230 milliard so‘mga ko‘payadi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2016 yil 1 yanvaridan boshlab benzin narxi o‘rtacha 45 so‘mga, mobil aloqa xizmati 750 so‘mga qimmatlashi e’lon qilingan.

XS
SM
MD
LG