Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:10

Rossiya Tergov qo‘mitasi Boris Nemsovni o‘ldirishni kim buyurganini ma’lum qildi


Rossiya Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, taniqli siyosatchi Boris Nemsovni o‘ldirishga buyurgan va bu jinoyatni uyushtirgan shaxs Checheniston ichki ishlar vazirligining “Sever” batalyoni jangchisi Ruslan Muxudinovdir. Bu haqda bugun qo‘mita rasmiy vakili Vladimir Markin bayonot berdi.

18 yanvar kuni Moskva shahar Basmanniy sudi Muxudinovni sirtdan hibsga olgan edi. U federal va xalqaro qidiruvga berilgan.

Tergovchilarga ko‘ra, Nemsovni o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxs, “Sever” batalyoni sobiq jangchisi Zaur Dadayev Ruslana Muxudinov Boris Nemsovni o‘ldirish uchun unga 25 million rubl va’da qilganini aytgan.

Muxudinov “Sever” batalyoni komandirining sobiq o‘rinbosari Ruslan Geremeevning haydovchisi bo‘lgan. Nemtsovning yaqinlari fikricha, qotillik ortida aynan Geremeev bo‘lgan.

Nemsovlar oilasining advokati Vadim Proxorov Bi-Bi-Siga bergan intervyusida “Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning atrofidagi xoslardan bo‘lgan Geremeevga ayblov e’lon qilishga tergovchilarning kuchi yetmayapti”, degan.

Ramzan Qodirovni so‘roqqa chaqirishi talabini ham tergovchilar rad etgan.

Boris Nemsov 2015 yil 27 fevral kechqurun Moskva markazida o‘ldirilgan edi.

XS
SM
MD
LG