Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:50

Ruhoniy musulmonlarni Islom dini obro‘yini to‘g‘rilashga chaqirdi


Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy musulmonlar “Islomiy davlat” kabi guruhlarning harakatlari oqibatida Islom dini obro‘yiga etkazilgan ziyonni barataraf etishlari lozim, deya bayon qildi.

27 dekabr kuni Tehronda islomiy konferensiyada gapirgan Ruhoniy “Islomning jahon jamoatchiligi oldidagi obro‘yini to‘g‘rilash eng buyuk vazifamizdir”, deya ta’kdladi.

“Dushmanlarning o‘rniga Islom dunyosining ichidan kichik guruh chiqib, Islom tilida uni qotillik, zo‘ravonlik, tamagirlik va adolatsizlik dini etib taqdim etishini tasavvur qilganmizmi?” deya ta’kidladi Ruhoniy.

Davlat televideniesida ko‘rsatilgan nutqi davomida Ruhoniy Suriya, Iroq va Yamandagi “o‘limlar va xunrezlik borasida sukut saqlayotgan” musulmon davlatlarini tanqid qildi.

XS
SM
MD
LG