Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:43

Bokuda o‘zbekistonlik ayol odam savdosida ayblanib hibsga olindi


Ozarbayjon ichki ishlar vazirligidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, Elmira Abbosova odam savdosi ayblovi bilan O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgani uchun Baku politsiyasi uni hibsga olgan.

24 dekabr kuni Ozarboyjon politsiyachilari tomonidan Bakudagi temir yo‘l vokzallaridan birida o‘zbekistonlik 32 yashar Elmira Abbosova hibsga olindi.

Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xodimi Ehson Zohidovning Ozodlikka aytishicha:

- O‘zbekiston fuqarosi, 1981 yilda tug‘ilgan Elmira Abbosova O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgani uchun hibsga olindi. U O‘zbekiston jinoyat kodeksining odam savdosi moddasi bo‘yicha ayblanayapti.

Elmira Abbosovaga qo‘yilgan odam savodosi bilan bog‘liq ayblov bo‘yicha tafsilotlar Ozodlikka ma‘lum emas.

Zohidovga ko‘ra, Abbosova 26 dekabr kuni O‘zbekistonga eksdraditsiya qilinadi va ushbu ayblov bo‘yicha tergov-surishturuv ishlari yakunlangach, unga qo‘yilgan ayblovlar ochiqlanishi mumkin.

- Abbosovani o‘zbekistonlik hamkasblarimizga topshirishadi ya‘ni ekstrdatsiya qilinadi. Ekstraditsiya ishlari bilan politsiya emas ikkala mamlakatning prokuraturasi shug‘ullanadi. Bizning o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan juda yaxshi aloqadamiz va bunday paytlari bir-birimizga ko‘maklashamiz, dedi Zohidov.

Uning aytishicha, joriy yilda Ozorbayjonda ilk bor o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olinayapti.

Lekin O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani bois, keyingi paytda nafaqat mamlakat ichkarisida balki dunyoning turli davlatlarida o‘zbekistonliklarni odam savdosi ayblovi bilan ushlash holatlari tez-tez kuzatilayapti.

Jumladan, joriy yilning sentyabrida o‘ndan oshiq yurtdoshini Pekinda fohishalikka majburlagan toshkentlik Olesya Piskunova odam savdosida aybdor deb topilib 8 yilga qamaldi.
XS
SM
MD
LG