Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:20

LUKoil O'zbekistondagi kondan gaz qazib olishni boshladi


Rossiyadagi yirik shirkatlardan biri — LUKoil O‘zbekistonning Janubi-g‘arbiy Hisor mintaqasidagi yirik gaz konlaridan biri sanalmish Jarquduq-Yangi Qizilcha konidan gaz qazib olishni boshladi.

Payshanba kuni oqshom shirkat tarqatgan rasmiy bayonotga ko‘ra, Jarquduq konidan dastlab yiliga 1 milliard 100 million kub metr hajmida gaz qazib olish, keyinchalik olinayotgan gaz hajmini qariyb 6 milliardga oshirish rejalashtirilgan.

Shirkat ushbu kon infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 1 milliard 200 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni ham rejalamoqda.

LUKoil shirkati ayni kezda Janubiy-sharqiy Hisorda joylashgan Qizilbayroq va Qo‘shquduq neft konlarida ham ish olib bormoqda.

Janubiy-sharqiy Hisorda mavjud jami zahira hajmi 1 milliard 417 million kub metr gaz va 23 million barrel neft hamda neft kondensatidan iborat ekani aytiladi.
XS
SM
MD
LG