Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:36

O‘shda uchoq quladi


Halokatga uchragan TU-134 uchog‘i ichida bo‘lgan 84 yo‘lovchining barchasi tirik qolgan¸ ulardan 26 nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, Bishkek-O‘sh yo‘nalishi bo‘yicha uchgan uchoq “Qirg‘iziston” aviakompaniyasiga tegishli. Aviashirkatning o‘zini tanitishni istamagan xodimiga ko‘ra, uchoq 3-reys bilan 12:05 da Bishkekdan O‘shga uchgan.

Dastlabki ma‘lumotga ko‘ra, aviahalokatga uchoqning qo‘pol qo‘ndirilishi sabab bo‘lgan. Natijada uchoq to‘ntarilgan va o‘ng qanoti sinib, yong‘in chiqqan. Yong‘in aeroprot xodimlari va o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirilgan.

O‘sh hududiy kasalxonasi bosh shifokori Abdijalil Muratov TU-134 rusumidagi uchoqning 12 yo‘lovchisi yordam so‘rab kasalxonaga murojaat qilganini aytgan. Ularning 9 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, uylariga ketgan. Uch nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Yiqilgan uchoq yonib ketgan.
Yiqilgan uchoq yonib ketgan.



Ayni paytda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibasi Sveta Baytikova aviahalokatda 26 yo‘lovchi jabrlanganini, ularning 12 nafari tez yordam mashinasida kasalxonaga yuborilganini bildirdi. Jabrlanganlar orasida 2 nafar bola ham bor va ular O‘sh viloyat bolalar kasalxonasiga yotqizilgan.

- Voqea joyiga 7 tez yordam mashinasi va 6 ta ruhshunos yetib borgan hamda 50 yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Kasalxonaga yuborilgan 12 odamning 2 nafari uchuvchi, 2 nafari styuardessa bo‘lgan. Uchoq yo‘lovchilarining asosan miyalari chayqalgan, tan jarohatlari olishgan va qattiq stressga duchor bo‘lishgan, -dedi Sveta Baytikova.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, uchoqda 84 yo‘lovchi bo‘lgan. Rasmiylar uchoq yo‘lovchilari orasida halok bo‘lganlar yo‘q ekanini bildirmoqda.

Qirg‘iziston Bosh vaziri O‘murbek Babanov O‘sh aeroportida sodir bo‘lgan aviahalokatni mamlakat uchoqlari xavfsizligi tizimini diqqat bilan tekshirish uchun katta sabab sifatida baholadi.

“Baxtimizga qurbonlar bo‘lgani yo‘q. Lekin bunday voqea takrorlanmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak” dedi Bosh vazir.

Osh aeroportining yuqoridan ko'rinishi.
Osh aeroportining yuqoridan ko'rinishi.


Qirg‘izistonda aviahalokat sabablarini o‘rganish maqsadida maxsus hukumat komissiyasi tashkil etildi. Komissiyaga Bosh vazirning o‘rinbosari Aali Qarashev rahbarlik qilmoqda.

So‘ngi ma‘lumotga qaraganda, O‘sh shahar aeroporti hududida ob-havo yomonligi va aeroport uchoqlarni qabul qila olmasligi sababli hukumat komissiyasi hozircha O‘shga yetib bora olmagan.
XS
SM
MD
LG