Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:22

Yanukovich O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi


Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich Yuriy Savchenkoni Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlash haqidagi farmonga imzo chekdi.

Bu haqda Ukraina prezidentining internet saytida ma‘lum qilindi.

Savchenko 2003 yil avgust oyidan beri Ukraina Vazirlar kabinetining xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2010 yil iyunida prezident Yanukovich Ukrainaning O‘zbekiston va Tojikistondagi elchisi Vyacheslav Poxvalskiyni lavozimidan bo‘shatgan edi.
XS
SM
MD
LG