Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:32

Biometrik pasportlarni berish muddati yana kechikltirildi


Biometrik pasportlarning jildida atayin belgi bo'ladi.
Biometrik pasportlarning jildida atayin belgi bo'ladi.
Shu kunlarda aksar o'zbekistonliklarni, ayniqsa pasportining muddati so'ngiga yetib qolganlarni qiziqtirayotgan savol - biometrik pasportlarni berish muddati yana kechikltirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Kirish, chiqish va fuqarolikni qayddan o‘tkazish bo‘limi xodimlarining aytishicha, yangi paspotlarni qachon berilishi boshlanishi haqida hozircha aniq ma'limot yo'q.

Avval xabar berganimizdek, aslida O‘zbekistonda biometrik pasport tizimiga o‘tish to‘g‘risida prezident farmoni e‘lon qilingan va unda bu jarayon 2010 yilning yanvar oyidan boshlanishi aytilgan edi.

Keyinchalik bu jarayon yana hukumat qarori bilan 2011 yil yanvariga kechiktirildi va shu kungacha ham yangi pasport aynan qachondan boshlab berila boshlanishi rasman e‘lon qilinmadi.

Biometrik pasportning ichida uning egasi haqida elektron ma'lumotga ega bo'lgan mikrochip o'rnatiladi.
“2011 yil yanvaridan chet elga chiqadigan bo'lsak chegarada yangi pasportni talab qilishsachi?!”, deb xavotirlangan mushtariylarimiz hozircha tinchlanishi mumkin.

BILMASVOYLARGA: Biometrik pasport, yoki e-pasport (e = elektron), oddiy hujjatlardan uning ichiga o'rnatilgan elektron chip bilan farqlanadi. Bu chipda pasport egasiga tegishli bo'lgan shaxsiy ma'lumot elektron holda saqlanadi. Shuning uchun ham bunday pasportni sohta tayyorlash qiyin. Bugungi kunda bir qator davlatlar biometrik pasportlarni chiqarishni boshlashgan. Biometrik pasportning jildida ajratib turuvchi belgisi bo'ladi.
XS
SM
MD
LG