Линклар

Шошилинч хабар
29 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:54

Buxorodagi buzilishlar: Hukumat YUNESKOga bergan va’dasini buzdi - Eurasianet


Buxoro markazidagi buzilishlar. Mart, 2024
Buxoro markazidagi buzilishlar. Mart, 2024

O‘zbekiston hukumati Buxoroning tarixiy hududida buzish va qurish ishlarini olib bormaslik yuzasidan YUNESKOga bergan va’dasini buzgan.

Bu haqda Eurasianet nashri YUNESKO vakiliga iqtibosan yozdi.


Nashrga ko‘ra, rasmiy Toshkent YUNESKO murojaatlarini e’tiborsiz qoldirib kelmoqda.

Buxorodagi turistik markaz maketi
Buxorodagi turistik markaz maketi


YUNESKOning bildirishicha, O‘zbekiston hukumati bosh reja bo‘yicha qo‘shma kelishuvga qadar Buxoro shahrining tarixiy hududida buzish va qurilish ishlarini olib bormaslik haqida va’da bergan.

YUNESKO vakili Eurasianet so‘roviga yo‘llagan javobida hali O‘zbekiston bosh rejani taqdim qilmaganini aytgan.

«YUNESKOning tushunishicha, ishlar 2024-yil sentabriga yakunlanadi», deyiladi tashkilot javobida.

Eurasianet nashrining YUNESKO matbuot kotibining yozma javobidan iqtibos keltirishicha, o‘gan yil dekabrida Buxoro tarixiy hududini 2023-2028-yillarga mo‘ljallangan boshqaruv rejasi loyihasi taqdim etilgan. Ushbu reja hali ham YUNESKOning Butunjahon merosi qo‘mitasining maslahat organi ICOMOS tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston hukumati bergan va’dalarni qo‘pol ravishda buzgan holda yil boshida Buxoroning tarixiy qismiga tutashgan bufer zonadagi binolarni buzishni boshlagan va bu faollarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Bu 326 ming kvadrat metr maydonni qamrab oladigan hamda o‘nlab binolarni buzib tashlash ko‘zda tutilgan hukumatga tegishli «Boqiy Buxoro» loyihasini amalga oshirish boshlanganini bildiradi.

Buzilgan binolar o‘rnida bir vaqtning o‘zida minglab sayyohlarni qabul qila oladigan ko‘p qavatli mehmonxonalar qurilishi maqsad qilingan.

Ҳукумат Бухоро Туризм марказини барибир қурмоқчи. Бухороликлар қарши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:09 0:00


YUNESKO 8-fevral kuni O‘zbekistonga ushbu loyiha bo‘yicha rejalarini tushuntirishni so‘rab murojaat yo‘llagan biroq hali javob olmagan.

Markaziy Osiyo tarixiy madaniy merosini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi «Alerte Heritage» nodavlat tashkiloti «Boqiy Buxoro» tashabbusini keskin tanqid qilib keladi.

“E’lon qilingan loyiha har jihatdan halokatli, eng avvalo dizayni xato. Bunday loyihalar Las-Vegas yoki Makaoda qiziqarli ko‘rinishi mumkin. Ammo Buxoroning tarixiy o‘zagiga soxta «Sharq» ko‘rinishini tiqishtirishga urinish mahalliy aholi va sayyohlarni faqat qo‘rqitishi mumkin”, deb yozdi Alerte Heritage Feysbukdagi sahifasida.

Buxoro o‘z maqomiga ko‘ra shoshilinch o‘zgarishlardan muhofazalangan. Buxoroning Shayboniylar davriga oid ilg‘or me’morchilik namunalari va o‘ziga xos landshafti e’tirof etilgan holda 1993-yilda shahar YUNESKOning Jahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Бухородаги бузилишлар ҳақида ёзган фаоллар босим остида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:05 0:00


Biroq rasmiylar Buxoro infratuzilmasi sovet davridan qolganini vaj qilib, sayyohlar ehtiyojlarini qondirish uchun takomillashtirish zarurligini ta’kidlamoqda, deb yozadi Eurasianet.

Mamlakat rahbariyati bu borada hozircha hech qanday bayonot bergani yo‘q.

XS
SM
MD
LG