Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:31

Toshkentda soliqchilar va militsiya uyushtirgan reydda savdogarlar kaltaklangani aytilmoqda


"Shirin" bozorida meva sotayotganida militsiyaga olib ketilgan onasiga qayg‘urib yig‘layotgan bolakay.
"Shirin" bozorida meva sotayotganida militsiyaga olib ketilgan onasiga qayg‘urib yig‘layotgan bolakay.

Toshkentdagi “Shirin” bozorida 17 noyabr kuni soliqchilar va militsiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan noqonuniy savdoga qarshi reydda bir necha savdogar kaltaklanib, militsiya avtomashinalarida olib ketilgani to‘g‘risida voqea guvohlari Ozodlikka ma’lum qildilar. Biroq militsiya rasmiylari savdogarlar kaltaklangani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni inkor etmoqda.

Тошкентда солиқчилар ва милиция уюштирган рейдда савдогарлар калтаклангани айтилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:03 0:00

Poytaxt Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi“Shirin” bozorida militsiya xodimlari qator savdogarlarni kaltaklab, keyin hisbga olgani to‘g‘risida “O‘zbekiston huquq himoyachilari alyansi” ma’lum qildi.

Alyans rahbari Yelena Urlaevaning Ozodlikka ma’lum qilishicha, voqea 17 noyabr kuni yuz bergan.

“Fuqarolik kiyimidagi bir necha xodim bolasi bilan meva-cheva sotayotgan ayolni urib, keyin uni militsiya mashinasiga majburlab o‘tirg‘izayotgani aks etgan fotosuratlar mavjud”, deb bildirdi Yelena Urlaeva.

"Shirin" bozorida reyd o‘tkazayotgan militsiya xodimlari.
"Shirin" bozorida reyd o‘tkazayotgan militsiya xodimlari.

Huquq faoliga ko‘ra, savdogar ayol tuman militsiya boshqarmasiga olib ketilgan. Yo‘l chetida yig‘lab qolgan bola esa onasining ismi Manzura Boqieva ekanini bildirgan. Militsiya xodimlari ayol sotayotgan mevalarni yanchib tashlagan.

“Shuningdek, bozorning boshqa qismida fuqarolik kiyimidagi taxminan 25 nafar xodim va formada bo‘lgan bir necha militsioner boshqa meva-cheva sotayotganlarni ham kaltaklab, oynalariga panjara to‘silgan ikkita avtobusga solib ketdi”, deb xabar berdi Yelena Urlaeva.

Guvohlarga ko‘ra, savdogarlar mana bunday avtobuslarga yuklanib olib ketilgan.
Guvohlarga ko‘ra, savdogarlar mana bunday avtobuslarga yuklanib olib ketilgan.

“O‘zbekiston huquq himoyachilari alyansi” militsiyaning savdogarlarga nisbatan noinsoniy munosabati yuzasidan O‘zbekiston bosh prokuraturasiga shikoyat kiritdi.

Mirzo Ulug‘bek tuman Ichki ishlar boshqarmasining o‘z nomini aytishimizni va ovozini radio orqali berishimizni istamagan rasmiysi “Shirin” bozorida savdogarlarga militsiya tomonidan noinsoniy munosabatda bo‘lingani to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etdi.

- “Shirin” bozorida noqonuniy savdoga qarshi reyd o‘tkazilgan. Reydni soliqchilar o‘tkazgan, militsiya tartibni saqlagan xolos. Biroq ichki ishlar xodimlari savdogarlarni kaltakladi, degan ma’lumotga ishonish qiyin, bunday bo‘lishi mutlaqo mumkin emas, -dedi Mirzo Ulug‘bek tuman Ichki ishlar boshqarmasining rasmiysi.

Suhbatdoshimiz bu reyd yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni bera olmasligini aytib, gapni qisqa qildi.

Reyd davomida meva-chevalar yanchilgani aytilmoqda.
Reyd davomida meva-chevalar yanchilgani aytilmoqda.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman soliq nazorati rasmiylari Ozodlik radiosiga bu borada biron bir ma’lumot aytishdan bosh tortishdi.

"Telefon orqali hammaga ham ma’lumot berilavermaydi", dedi soliq nazorati rasmiysi ma’lumot berishdan tiyilishi sababini izohlar ekan.

XS
SM
MD
LG