Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:13

Rossiyada "aksilrus" qirg‘izlarga qarshi qonun loyihasi ishlab chiqildi


Qirg‘izistonda 7 noyabrda Ulug‘ Oktabr revolyutsiyasi kunini bayram qilish o‘rniga Rossiya imperiyasiga qarshi qo‘zg‘olon kuni nishonlanishi borasidagi prezident farmoni e’lon qilingani ortidan Rossiya Davlat dumasiga muhojir qirg‘iz vatandoshlarining haydovchilik guvohnomalarini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun taqdim etildi.

Россияда "аксилрус" қирғизларга қарши қонун лойиҳаси ишлаб чиқилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:07 0:00
Бевосита линк

Qonun loyihasi Davlat dumasiga 27 oktabr kuni LDPR partiyasidan deputat Yaroslav Nilov tomonidan taqdim etilgani xabar qilindi. Nilov prezident Atambaevning 7 -8 noyabrni "Ajdodlar xotirasi va tarixi kunlar”sifatida nishonlash to‘g‘risidagi farmonini “Rossiyaga qarshi qaror” sifatida baholamoqda.

-Qirg‘iziston prezidenti o‘z lavozimidan ketish arafasida Rossiya imperiyasiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bayram sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu Rossiya bilan do‘stona munosabatlarga qarshi qaratilgan farmondir. Rossiya imperiyasiga qarshilik ko‘rsatish kunini bayram sifatida nishonlanishini aksilrus harakati deb baholash mumkin, -dedi Yaroslav Nilov.

26 oktabr kuni Qirg‘iziston rahbari farmoni e’lon qilinishi bilanoq Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri Igor Lebedev “qirg‘izlar Qirg‘izistoning Rossiyaga qarshi isyon ko‘targan kunni milliy bayram sifatida belgilashgan”, degan bayonot bilan chiqqan va bu farmonga javob tariqasida Duma Rossiyada ishlayotgan qirg‘izistonliklarning haydovchilik guvohnomalarini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama qilinishini bildirgan edi.

Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati Lebedevning bu bayonotiga zudlikda javob qaytarib, “Davlat Dumasi deputatining “qirg‘izlar Rossiyaga qarshi kunni milliy bayram qilmoqchi” deya ta’kidlashi u izoh bermoqchi bo‘lgan hodisaning asl maqsadini tushunmasligidan dalolat bermoqda”, - deb bildirgan edi.

Rossiyalik tarixchi va kuzatuvchi Sergey Abashin Duma deputatlarining bu bayonotlarini “rasmiy Moskvaning nuqtai nazarisifatida talqin qilmaslik kerak”, degan fikrda.

-Biz hozir faqat LDPR partiyasi vakillarininggina munosabatini ko‘rib turibmiz. Rasman ular Davlat Dumasi raisi o‘rinbosari kabi katta lavozimlarda bo‘lsalar ham, aslida Jirinovskiyning tushunarsiz va millatchilik ruhidagi g‘oyasini olg‘a surmoqdalar. Ularning nuqtai nazari rasmiy Moskvaning nuqtai nazarini anglatmaydi. Aslini olganda Rossiyada ham Oktabr revolyutsiyasi kuni de fakto bayram qilinmaydi, -dedi Abashin.

Rossiyada xorijdan kelgan mehnat muhojirlarining o‘z davlatida olgan haydovchilik guvohnomasi bilan ishlashiga 1 iyulda taqiq qo‘yilgan. Bishkek va Moskva o‘rtasidagi so‘zlashuvlardan so‘ng Rossiyada qirg‘izistonliklarga qirg‘iz haydovchilik guvohnomalari bilan ishlash huquqi berilgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyada 600 mingdan ortiq qirg‘izistonlik mehnat qiladi. Ularning 20 foizdan ko‘prog‘i haydovchilik bilan shug‘ullanadi.

Rossiya imeriyasi tarkibida Turkiston deb atalgan Markaziy Osiyo hududida, jumladan, hozirgi Qirg‘izistonda 1916 yilda Rossiya qarshi yuzlab isyonlar bo‘lib o‘tgan edi. Qirg‘iz tarixchilariga ko‘ra, qo‘zg‘olonlarni bostirish paytida rus armiyasi bir necha yuz ming odamni qatliom qilgan.

2016 yilda Qirg‘izistonda prezident farmoni bilan 1916 yilgi qo‘zg‘olonning 100 yilligi nishonlangan edi.

XS
SM
MD
LG