Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:03

Bo‘kada qo‘lga olingan Germaniyaning “Shtern” jurnali muxbiri qo‘yib yuborildi


Germaniyadagi "Shtern" jurnali muxbiri Bettina Zengling Bo‘ka tumanidagi dala shiyponlaridan birida.
Germaniyadagi "Shtern" jurnali muxbiri Bettina Zengling Bo‘ka tumanidagi dala shiyponlaridan birida.

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida paxta terimida majburiy mehnat yuzasidan monitoring o‘tkazayotgan ”Alyans” inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti rahbari Yelena Urlaeva, fotomuxbir Temur Karpov, Germaniyadagi "Shtern" jurnali muxbiri Bettina Zengling 4 oktabr kuni ertalab tuman ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi va kunning ikkinchi yarmida qo‘yib yuborildi.

“Alyans” inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti rahbari Yelena Urlaeva Ozodlik radiosi bilan suhbatda ular 4 oktabr kuni ertalab Bo‘ka tumani militsiyasi tomonidan qo‘lga olinganliklarini aytgandi.

-Biz har kuni majburiy mehnatni monitoring qilish uchun turli tumanlarga reydlarni uyushtiramiz. Bugun ertalabdan Bo‘ka tumaniga bordik. Biz Bo‘ka tumanidagi 44-maktab oldida maktab direktori Xoldor Ahmedov guvohligida tuman militsiyasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindik, -dedi Yelena Urlaeva.

Huquq faoli Toshkent vaqti bilan soat 12da Ozodlik radiosiga bergan suhbatida Bo‘ka tumandagi “Ko‘korol” militsiya bo‘limida Bo‘ka tuman ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jamshid Akmalov tomonidan tergov qilinayotgan va kunning ikkinchi yarmida qo‘yib yuborilgan.

Bu xabarni o‘zbekistonlik faol Malohat Eshonqulova Facebook tarmog‘idagi sahifasida tasdiqladi.

Unga ko‘ra, tergov qilinib, qo‘yib yuborilganlar orasida xorijdan kelgan sayyohlar ham bor. Urlaeva bu sayyohlarning shaxsini o‘zi bilan birga qo‘lga olingan fotomuxbir Temur Karpov yaxshi bilishini aytdi.

Temur Karpov ayni paytda so‘roq berayotganini aytib, keyinroq unga telefon qilishimizni iltimos qildi va ayni paytda qo‘lga olinganlar orasidaGermaniyadagi nufuzli “Shtern” jurnali muxbiri Bettina Zengling borligini tasdiqladi.

Xalqaro tashkilotlar ko‘p yillardan O‘zbekistonda paxta terimida byudjet sohasi vakillari hamda talabalar majburiy mehnatga jalb etilishlari to‘g‘risida bayonot berib keladilar.Biroq joriy yilda O‘zbekiston hukumati majburiy mehnatdan foydalanilmasligini bildirgan. Shunga qaramay, sentabr oyida o‘qituvchilar, shifokorlar va talabalar paxta terimiga chiqarilgan edi.

Biroq O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning 21 sentabr kungi farmoyishi bilan talaba, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari 22 sentabrda paxta terimidan qaytarilganidan so‘ng mamlakat bo‘ylab terimga “uyushmagan aholi”ni jalb qilishga zo‘r berilmoqda.

O‘zbekiston paxta etishtirishda bolalar va kattalar majburiy mehnatidan foydalanishi bois dunyoning Target, Walmart, C&A, Marks&Spencer, IKEA, H&M, Tesco doxil yetakchi shirkatlari o‘zbek paxtasiga boykot e’lon qilgan. Majburiy mehnatga barham berilmaguncha, o‘zbek paxtasini sotib olishdan voz kechganini e’lon qilgan 150 chog‘li shirkatning bozordagi umumiy qiymati esa 1 trillion AQSh dollaridan oshadi.

XS
SM
MD
LG