Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:13

Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzod Babanov va To‘ro‘baev birlashdi


O‘murbek Babanov (chapda) va Bakit To‘ro‘baev siyosiy tandem tuzilganini e’lon qilish marosimida.
O‘murbek Babanov (chapda) va Bakit To‘ro‘baev siyosiy tandem tuzilganini e’lon qilish marosimida.

Jalolobod shahrida 17 sentabr kuni 5 ming saylovchi bilan bo‘lgan uchrashuv paytida prezidentlikka nomzodlar- “Respublika” partiyasi raisi O‘murbek Babanov va “O‘nuguu-Progress” partiyasi rahbari Bakit To‘ro‘baev siyosiy tandem to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvni imzoladilar.

Қирғизистонда президентликка номзод Бабанов ва Тўрўбаев бирлашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00

Prezidentlik saylovidagi eng kuchli nomzodlar sifatida tilga olinib kelinayotgan bu ikki shaxsning tandem shartlariga ko‘ra, saylovda g‘oliblik qo‘lga kiritilsa, Babanov prezident, To‘ro‘baev esa bosh vazir kursisini egallaydi.

Bakit To‘ro‘baev siyosiy tandemni sharhlar ekan:

- Biz prezidentlikka alohida-alohida nomzod va ikkita siyosiy kuch sifatida kelganmiz. Biroq bizning Konstitutsiyani o‘zgartirish va referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi nuqtai nazarimiz bir. Ulardan eng asosiysi islohotlar o‘tkazish, kadrlar siyosatida, sudlov tizimida va xalqning turmush tarzida o‘zgarishlar bo‘lishiga erishish. Bizning ko‘p maqsadlarimiz bir-biri bilan uyg‘un, -dedi To‘ro‘baev.

O‘murbek Babanov esa tandemni ikkita eng katta siyosiy kuchning birlashuvi sifatida sharhladi:

-Shunday qilib, ikkita yirik siyosiy kuch birlashayapti. Bizni qo‘llayotganlar ham birlashdi, -dedi Babanov.

Avvalroq matbuotda O‘murbek Babanov prezidentlikka nomzodlar Adaxan Madumarov, Axmatbek Keldibekov va Qamchibek Tashiev bilan siyosiy to‘rtlikka birlashish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani xabar qilingandi.

O‘zgan shahrida saylovchilar bilan uchrashgan Adaxan Madumarov ham bu ma’lumotlarni tasdiqlagan. Biroq To‘ro‘baev bilan tuzilgan tandemdan so‘ng unga hozir boshqa nomzodlarning qo‘shilish yoki qo‘shilmasligi to‘g‘risidagi masala ochiq qolmoqda.

Siyosiy kuchlarning birlashuvi to‘g‘risidagi xabarlar prezident Almazbek Atambaev 14 sentabrda Sochiga tashrif qilgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

Markaziy Osiyo bo‘yicha taniqli sharhlovchi Arkadiy Dubnov Atambaevning Sochida Putin bilan uchrashuvini sharhlar ekan: “Atambaevni tinchsizlantirayotgan narsa-Moskva So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovni boshqalarga nisbatan yuqoriroq ko‘rmay, boshqa nomzodlar bilan teng ko‘rayotganidir.Shuning uchun ham Atambaev uchun Jeenbekov boshqa nomzodlarga qaraganda Moskva siyosatiga ko‘proq moyilligini Putinga tushuntirishi muhim edi”, deb aytdi.

Siyosatshunos Mars Sariev esa bu masalada: ”Atambaev qo‘llov izlab uchrashuvga borgan edi. Biroq Moskva neytral pozitsiyada qolishi to‘g‘risida mujda berdi. Bu Moskva uchun eng manfaatli pozitsiya. Chunki Moskva saylovda Jeenbekovni qo‘llasa-yu, uning o‘rniga Babanov hokimiyatga kelib qolsa, qanday vaziyatga tushamiz, qabilida shubha bor”, deb fikr bildirdi.

Sobiq bosh vazir So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov amaldagi prezident Atambaev mansub bo‘lgan sotsial - demokratlar partiyasidan prezidentlikka ko‘rsatilgan edi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi 15 oktabrda o‘tkaziladi. Saylovda 13 nomzod ishtirok etmoqda.

XS
SM
MD
LG