Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:10

AQShda namoyishchilarga qarshi qilingan avtomobil hujumida bir ayol o‘ldi (VIDEO)


Шарлотсвиллдаги автомобиль ҳужуми
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:04 0:00

12 avgust kuni AQShning Sharlotsvill shahrida amalga oshirilgan hujum natijasida bir ayol halok bo‘ldi, 19 odam jarohatlandi. Namoyishchilar ustiga avtomobilь bilan bostirib borgan 20 yashar Jeyms Aleks Filds qo‘lga olinib, unga qarshi ish ochildi. Shaharda favqulodda vaziyat e’lon qilinib, xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya askarlari safarbar qilindi.

AQSh federal tergovchilarining bildirishicha, Sharlotsvillda oq irqchilar bilan o‘ng qanot faollar va ularga qarshilar o‘tkazgan namoyish ishtirokchilariga avtomobil bilan qilingan hujum bo‘yicha ish ochilgan.

AQSh politsiyasiga ko‘ra, avtomobilni 20 yashar Jeyms Aleks Filds olomon ustiga haydagan. Hodisa ortidan uni politsiya qo‘lga olgan. Unga nisbatan qotillik hamda yana to‘rtta boshqa ayblov qo‘yildi.

Sodir bo‘lgan hodisa aks etgan videoda Fildsning avtomobilini katta tezlikda odamlar ustiga haydagani oqibatida ko‘plab odam jarohatlanganini ko‘rish mumkin.

Rasmiylar vertolyoti qulashi ortidan halok bo‘lgan ikki virginiyalik askar o‘limi ham Sharlotsvilldagi namoyishlar bilan bog‘liq ekanligini aytishdi.

AQSh bosh prokurori Jeff Seshns “Sharlotsvilldagi zo‘ravonlik hamda o‘limlar Amerika qonunchiligi va adliyasi yuragiga qilingan zarba” ekanligini ta’kidladi.

Federal qidiruv byurosi barcha mavjud dalil va faktlar to‘planishini bildirdi.

AQSh prezindenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarda bunday zo‘ravonlik uchun o‘rin yo‘qligini aytib, amerikaliklarni “mamlakatiga hamda odamlarning bir-biriga bo‘lgan muhabbati birlashtirishi” kerakligini ta’kidladi.

Virginiya shtati gubernatori Terri Makoliff: “Sharlotsvillga kelgan barcha oq irqchilar va fashistlariga gapim bor. Bizning aytadiganimiz sodda va tushunarli: Uylaringizga ketinglar”, dedi.

Namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanganidan keyin shaharda favqulodda vaziyat e’lon qilinib, xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya askarlari safarbar qilindi.

Avtomobil hujumi amalga oshirilishidan avval Tramp Twitterda xalqni birlashishga chaqirdi:

“Barchamiz birlashib, nafratni qoralashimiz kerak. Amerikada bunday zo‘ravonlik uchun o‘rin yo‘q. Keling, birlashaylik”, deb yozdi prezident.

Ko‘plab demokratlar, inson huquqlari faollari hamda ayrim respublikachilar Trampni namoyishda ishtirok etgan oq irqchilarni, jumladan, neo-fashistlarni hamda “Ku-kluks-klan” a’zolarini qoralamagani uchun tanqid qildi.

Senator Kori Gardner: “Janob prezident, yovuzlikni o‘z nomi bilan atashamiz kerak. Bular oq irqchilardir, qilgan ishlari esa mahalliy terrorizmdir”, deb yozdi.

XS
SM
MD
LG