Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:50

Uyida 30 000 ta chelak saqlagan bosh prokuror taqdiri


Gurbanbibi Atajanova Turkmaniston bosh prokurori lavozimida 10 yil ishlagan.
Gurbanbibi Atajanova Turkmaniston bosh prokurori lavozimida 10 yil ishlagan.

Gurbanbibi Atajanova Turkmaniston bosh prokurori lavozimida 10 yil ishlagan. O‘sha paytdagi prezident Saparmurat Niyazov rasmiylarni tez-tez almashtirganini e’tiborga oladigan bo‘lsak, bu Atajanovaning katta omadidir.

O‘sha vaqtda Sizni jinoyatda ayblab, Atajanovaning oldiga olib borishsa, hayotingiz yomon tarafga jiddiy o‘zgarishi xavfi katta bo‘lgan.

Atajanova oltin rang pogonli to‘q ko‘k formasi va jiddiy chehrasi bilan tanilgan edi.

1991 yili Sovet Ittifoqi parchalanganda Atajanova mamlakat bosh prokuraturasida ishlayotgan bo‘lgan. Mamlakat mustaqillikka erishishi bilan u bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgan. 1995 yilning 3 aprelida esa bosh prokuror etib tayinlangan.

Davlat televideniesi, odatda, Atajanovani biror jinoyatda, masalan, korrupsiyada ayblanayotgan rasmiylarga qarata so‘zlayotganini ko‘rsatgan. U ayblanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlarni va chiqarilgan jazolarni sovuqqonlik bilan bir-bir o‘qib eshittirgan. Atajanova sudlanuvchilarga suddan so‘ragan jazolar orasida jinoyatchi mulkini musodara qilish, uni qamash yoki mamlakatning chekka joylariga surgun qilish jazolari bo‘lgan.

Niyazovga 2002 yilning 25 noyabrida qilingan suiqasd urinishi ortidan boshlangan tergovga Atajanova yetakchilik qilgan va nafaqat gumonlanuvchilar, balki ularning oila a’zolarini tergov qilgan.

Bir vaqtning o‘zida, Atajanova hukumat rasmiylari ketidan tushgan. 2003 yilda u 34 sobiq hukumat rasmiysi, jumladan, ikki vitse-premyer-ministr, mudofaa vaziri hamda energetika vaziri korrupsiya va davlat mulkini talon-taroj qilishda aybdor deb topilib, Tukrmanistonning chekka hududlariga surgun qilinganini bildirdi.

2003 yilning dekabrida Atajanovaning o‘zi giyohvand moddalar savdosida ishtirok etganlikda ayblanib qo‘lga olinda va uy qamog‘iga hukm qilinadi. Ammo oy oxirida uni hukumat televideniesi davlat uchrashuvida qatnashayotganini ko‘rsatdi. Biroq mish-mishlar asossiz emas edi.

2005 yil yakunida Atajanova 58 yoshda nafaqaga chiqdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, uning hayotida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.

2006 yilning aprelida u qo‘lga olindi va giyohvand modda savdosida ayblandi. Buning ortidan rasmiylar Atajanovadan 13 uy, g‘isht zavodi, guruch tegirmoni, 5 avtomobil, 3 traktor, 1 buldozer, 2 qurilish krani, 40 gektar yer, 6 million dollar, 2 mingdan oshiq qora mol, va eng qizig‘i, 30 mingdan oshiq chelak musodara qilinganini e’lon qilishdi.

Buncha chelak musodara qilingani, tabiiyki, g‘alati. Hatto prezident Niyazov Atajanova undan kechirim so‘rab, dod-faryod qilayotganida o‘sha chelaklarni tilga oldi:

- Nima sababdan 30 ming paqir o‘g‘irlading, - deb so‘ragan edi prezident.

Chelaklar qayoqdan kelgani izohlanmay qolib ketdi. Ammo sirli paqirlar haqida mish-mishlar urchidi, ularda oltin yoki geroin saqlangani aytildi.

Bu orada Atajanova sud qilinda va aybdor deb topildi.

XS
SM
MD
LG