Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:04

Bosniya musulmonlarini qirg‘in qilgan Radko Mladich umrbod qamoqqa hukm etildi(VIDEO)


Hukm jqish paytida shovqin ko‘targan Ratko Mladich sud zalidan chiqarib yuborildi.
Hukm jqish paytida shovqin ko‘targan Ratko Mladich sud zalidan chiqarib yuborildi.

22 noyabr kuni BMT tribunali 1992-95 yillardagi urushda Bosniya serblariga qo‘mondonlik qilgan Ratko Mladichni unga qo‘yilgan 11 ta jinoyatdan 10 tasida aybdor deb topdi va unga umrbod qamoq jazosi berdi. Mladich urush va insoniyatga qarshi jinoyatlar¸ xususan¸ genotsidda aybdor deb topildi.

22 noyabr kuni 1993 yilda ta’sis etilgan sobiq Yugoslaviyadagi urush jinoyatlari bo‘yicha Haaga xalqaro tribunali hakamlari Mladich ustidan chiqarilgan hukmni o‘qishni boshlashi bilan Mladich baqir-chaqir ko‘tardi va shu tufayli Mladich hakamlar qarori bilan zud zalidan olib chiqildi.

Hukm o‘qilishini Mladich alohida xonadan turib kuzatishga majbur bo‘ldi.

БМТ халқаро трибунали Ратко Младичга нисбатан ҳукм эълон қилиши кутилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:19 0:00

Tribunal hakami Alfons Ori “Bosniya qassobi” deb tanilgan Mladichga qo‘yilgan ayblarning mahkama davomida o‘z tasdig‘ini topganini bildirdi:

- Mahkama Bosniya-Hersogovinaning qator hududlarida amalga oshirilgan qotilliklarning insoniyatga qarshi jinoyat ekani va urush qonun va qoidalarini buzish ekanini aniqladi, dedi hollanidiyalik tribunal hakami jumladan.

Mladich o‘z ustidan 2012 yilda boshlangan mahkama jarayonida o‘zining aybsiz ekanini iddao qilib keldi.

Mladich o‘z karyerasini Yugoslaviya armiyasi askari o‘laroq boshlagan. Mamlakat parchalana boshlaganidan keyin, 1991 yil Xorvatiyadagi ayirmachilarga qarshi kurashish uchun yuborilgan.

Mladich 1992–1995 yillardagi urushda bosniyalik serb kuchlarga yetakchilik qilgan. Urushda 100 mingdan oshiq odam halok bo‘lgan.

1995 yilning iyulida Mladich qo‘shinlari BMT xavfsiz zonasi etib tayinlangan Srebrenitsa shahrini bosib oladi. Buning ortidan Mladich qo‘shinlari 8000 mingga yaqin musulmon erkak va o‘shil bolalarini qiradi. Ushbu qatliom Yevropada 2-jahon urushi¸ aniqrog‘i yahudiylar qirg‘ini - Holokostdan beri sodir etilgan eng yirik harbiy jinoyat hisoblanadi.

16 yil qochqinlikda yurgan Mladich 2011 yil Serbiyaning Lazarevo qishlog‘ida qo‘lga olingan edi.

Xalqaro tribunal prokurorlari Mladich Bosniyani serb bo‘lmagan xalqlardan tozalash amaliyotiga etakchilik qilganini aytib keladi.

Haaga tribunali prokurori Serj Brammers hukm chiqishi oldidan Ozodlikka bergan intervyusida sobiq Yugoslaviyadagi urush asoratlariga barham berish uchun milliy yarash jarayoni boshlanishi lozimligini ta’kidladi:

- Haagada biror qaror chiqarilganda – aybdor yoki aybsiz – natijaga qarab, bir guruh mamnum bo‘ladi, ikkinchisi esa qattiq xafa bo‘ladi. O‘ylaymanki, bu urushdan avvalgi sobiq Yugoslaviya jamiyatida bor bo‘lgan asosiy muammolar hali-hanuz mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Bu, albatta, achinarli haqiqat. Bilasizmi, biz doim quyidagi savolga duch kelamiz: bizningcha, yarashishga ijobiy hissa qo‘shdikmi yoki buning aksi bo‘ldimi? Bu vasolga har doim adolat bir o‘zi yarashishga olib kelmaydi, deb javob beraman. Yarashish jamiyat ichida boshlanishi kerak. Uni fuqarolar jamiyati, tirik qolganlar, jinoyatchilar hamda mas’ul siyosatchilar boshlab berishi kerak¸ dedi BMT tribunali bosh prokurori.

Sobiq Yugoslaviyadagi urush jinoyatlarini taftish qiluvchi Haaga xalqaro tribunaliga 1993 yil asos solingan.

Shu kungacha sud Yugoslaviya parchalanib ketganidan keyin boshlangan urushlarga guvoh bo‘lgan taqriban 5000 odamdan ko‘rsatma oldi, 161 odamni turli jinoyatlarda aybdor deb topdi. Aybdor deb topilganlarning aksari yuqori lavozimli shaxslardir.

Ayni paytda¸ tribunalning ayrim qarorlari keskin tanqidga uchrab keladi. 2016 yil tribunal Bolqon urushi chog‘ida urush va insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan serb millatchisi Voislav Sheshelni oqlash to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu qaror sobiq Yugoslaviyada yashagan xorvat va bosniyaliklar hafsalasini pir qildi.

Tribunal rasmiylari esa o‘zlarining adolat qaror topishi uchun kurashayotganini ta’kidlab keladi. Ular¸ xususan¸ tribunalning amaldagi davlat yetakchisini genotsid va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topgan ilk sud o‘laroq tarixda qolishini aytadilar. Ammo mahkamaga tortilgan Yugoslaviya sobiq rahbari Slobodan Miloshevich 2006 yilda sud o‘z yakuniga yetishidan avval olamdan o‘tgan edi.

XS
SM
MD
LG