Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:26

Kuchli dovul oqibatida Toshkentda kamida bir odam daraxt tagida qolib o‘ldi


O‘zbekiston bo‘ylab 17-18 oktabr kunlari yuz bergan kuchli dovul oqibatida o‘nlab uy tomi va tunuka devorlarining odamlar ustiga qulagani xabar qilinmoqda. Guvohlarning Ozodlikka xabar qilishicha¸ 18 oktabr kuni Toshkentda bir odam ustiga daraxt qulashidan olgan jarohat oqibatida kasalxonada jon bergan.

18 oktabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 57 yoshli odamni daraxt bosib qolgan.

Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, kuchli shamol tufayli daraxt bosib qolgan chalajon odamni tez yordam olib ketgan va u 16-sonli shahar kasalxonasida jon bergan.

"Shamol yomg‘ir aralash bo‘lgani uchun bu odam daraxt tagida turgan va bu daraxt odamning ustiga ag‘darilgan. Uni 16-gorbolnitsaga olib borishdi, o‘sha yerda jon taslim qildi", - dedi Ozodlikka gapirgan toshkentliklardan biri.

16-sonli shahar kasalxonasining xodimi Ozodlik bilan suhbatda shifokorlarning daraxt ostida qolgan ayol hayotini saqlab qolishga urinishlari besamar bo‘lganini aytdi.

- Gullola degan yolni olib kelishdi, daraxt bosib qolgan, o‘ldi, - dedi kasalxona xodimasi.

Shuningdek, shaharning bir qancha joyida uylarning tunuka tomlari kuchli shamol natijasida odamlar ustiga qulagan va oqibatda bir qancha odam jarohatlangan.

Buxoroda o‘nlab mashinalarni daraxt bosib qoldi.
Buxoroda o‘nlab mashinalarni daraxt bosib qoldi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hozirga qadar tabiiy ofat talofatlari haqida rasmiy bildiruv qilgani yo‘q.

Vazirlikning ismi sir qolishini istagan mulozimi Ozodlikka tabiiy ofat oqibatida bir odam halok bo‘lgani va o‘nga yaqin odamning mayda jarohat olganini tasdiqladi.

Vazirlik mulozimiga ko‘ra¸ 17 oktabr kuni Buxoroda besh qavatli binoning tunuka tomi tushib odamlar ustiga tushishi oqibatida¸ yetti odamga yengil jarohat yetgan, uchta mashina shikastlangan.

Ozodlikka Buxorodan yuborilgan videotasvirda uyning tomi o‘pirilib, pastga qulayotganini ko‘rish mumkin.

Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, turar-joy binosining 720 metr kvadratlik tunuka tomining 410 kvadrat metrini shamol o‘pirgan.

Buxoroda uylarning tunuka tomi odamlar ustiga qulagan.
Buxoroda uylarning tunuka tomi odamlar ustiga qulagan.

O‘zbekiston gidrometereologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, 17 oktabr kuni shamol tezligi Xorazm va Buxoroda sekundiga 35-40 metrni tashkil etgan.

Sirdaryo va Toshkentda esa 18 oktabr kuni shamolning tezligi sekundiga 23 metr bo‘lgan.

"Hozir shamol pasayishga o‘tdi. Shunga qaramay aholini uydan chiqmay o‘tirishga chaqiramiz" - dedi Ozodlikka O‘zbekiston gidrometereologiya markazi mulozimi.

Ozodlik O‘zbekiston bo‘ylab kuzatilayotgan kuchli shamol yetkizgan talofat tafsilotlarini o‘rganishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG