Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:17

Green Card lotereyasi uchun hujjat topshirish 18 oktabrdan boshlanadi


Har yili oktabr oyida boshlanib¸ bir oy davom etadigan AQSh Green Card lotereyasida qatnashish uchun 18 oktabrgacha topshirilgan hujjatlar bu yil bekor qilindi va jaraën 18 oktabrdan boshlab yangidan boshlandi. AQSh Davlat departamenti bunday qaror sababini texnik muammolar bilan izohladi.

AQSh Davlat departamenti rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra¸ AQSh hududida yashash va ishlash huquqini beruvchi Diversity Visa Program DV-2019¸ yoki Green Card lotereyasi uchun yangidan hujjat qabul qilish jarayoni 18 oktabr¸ ertalabki soat 11 dan boshlanadi.

Odatda oktabr oyining birinchi dushanbasidan boshlanib¸ bir oy davom etadigan bu jarayonning 2017 yili kechikishiga¸ ayrim texnik nuqsonlar sabab bo‘lgan.

Ayrim texnik muammolar bois¸ DV-2019 uchun registratsiya muddati qaytadan boshlanadi va 18 oktabrgacha to‘ldirilgan hujjatlar¸ ular ko‘rib chiqilishi uchun¸ boshqadan topshirilishi lozim. Biz hujjat topshiruvchilarga tug‘ilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Unda qatnashuvchilarning barchasiga tegishli halollik va jarayon yaxlitligini himoyalash uchun biz bu yilgi registratsiya jarayonini qayta boshlashimiz shart”¸ deyiladi rasmiy bayonotda.

Bu bayonot so‘nggiga ilova qilingan savol-javob qismida aytilishicha¸ Green Card lotereyasi Davlat departamenti saytining xakerlar hujumiga uchrashi oqibatida emas¸ balki hujjat topshiruvchi mansub davlatning lotereyada belgilangan cheklovlarga daxldorligini aniqlash bilan bog‘liq texnik muammo tufayli qayta boshlanadigan bo‘lgan.

Green Card lotereyasi uchun elektron hujjat qabul qilish jarayoni 22 noyabr¸ chorshanba kuni yopiladi.

Davlat departamenti bayonotida¸ 18 oktabrgacha Green Cardga topshirilgan hujjatlarning hisobga o‘tmasligi¸ 18 oktabrdan keyin esa¸ har bir shaxsning odatdagiday¸ bir marta hujjat topshirishi mumkinligi aytiladi. Bir oy davom etadigan registratsiya jarayonida bir shaxs ikki marta hujjat topshirishga urinsa¸ uning ikkala registratsiyasi ham bekor qilinadi va o‘zi o‘yindan chiqariladi.

Green Card lotereyasida qatnashish uchun hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar elektron DV formasini rasmiy E-DV website, dvlottery.state.gov saytlariga kirib 22 noyabrga qadar to‘ldirishlari lozim.

Bu arizani qanday to‘ldirishga oid yo‘riqnoma Davlat departamentining - usvisas.state.gov/dv/instructions sahifasidan topishlari mumkin. Bu yo‘riqnoma dunyoning aksar tillari¸ xususan¸ o‘zbek tilida ham mavjud.

Green Card lotereyasiga qatnashish uchun hujjat topshirish bepul va AQSh Davlat departamenti bu jarayonda yordam taklif qiluvchi o‘rtakash shirkatlarni e’tirof etmaydi.

AQSh Kongressi tomonidan belgilangan kvotaga ko‘ra¸ har yili Green Card lotereyasi orqali 50 ming odamga Amerikada qonuniy yashash va ishlash huquqi taqdim etiladi. 2018 yilgi Green Card lotereyasida dunyo bo‘ylab 14 million odam hujjat topshirgan.

2019 yili AQShga ko‘chib o‘tish imkonini beruvchi joriy jarayonda yutib chiqqanlar 2018 yilning 15 mayidan boshlab e’lon qilinadi.

XS
SM
MD
LG