Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:00

Afg‘onistonda politsiya bo‘limiga qilingan hujumda kamida 16 odam o‘ldi


Afg‘oniston. Gardez shahri politsiya trening markaziga qilingan hujumda yaralanganlar kasalxonaga olib kelindi. 2017, 17 oktabr.
Afg‘oniston. Gardez shahri politsiya trening markaziga qilingan hujumda yaralanganlar kasalxonaga olib kelindi. 2017, 17 oktabr.

Afg‘oniston rasmiylarining bildirishicha, mamlakat janubi-sharqidagi Gardez shahridagi politsiya bo‘limi va uning yonidagi mashq markaziga qilingan hujumda kamida 16 odam halok bo‘lgan, 100 dan oshiq odam jarohat olgan.

17 oktabr kuni amalga oshirilgan hujum uchun mas’uliyatni toliblar o‘z zimmasiga oldi.

Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, ikki xudkush terrorchi bomba o‘rnatilgan mashinalarni Paktiyo viloyati Politsiya bo‘limi oldida portlatib yuborgan. Buning ortidan bir necha terrorchi mahkamani o‘qqa tutgan.

Vazirlikning bildirishicha, to‘qnashuvlar besh hujumchi o‘ldirilganidan keyin to‘xtagan.

Ammo yuqori lavozimli politsiya rasmiysi hujumchilar soni 11 nafar bo‘lganini aytdi.

O‘lganlar orasida oddiy fuqarolar, jumladan, ayollar, talabalar ham borligi aytilmoqda.

Xavfsizlik rasmiylari Ozodlik bilan suhbatda o‘lganlar orasida politsiya qo‘mondoni Toryal Abdioniy ham borligini aytishdi.

Rasmiylarning bildirishicha, 16 oktabr kuni kech qo‘shni Pokistonning Kurram hududida dron yordamida amalga oshirilgan hujumda 20 nafar jangari yo‘q qilingan.

Hujum Afg‘onistondagi toliblarga aloqadaor “Haqqoniy” tarmog‘i markazlaridan birini mo‘ljalga olgan.

2014 yil Afg‘onistondan NATO qo‘shinlari olib chiqib keliglanidan keyin, mamlakat bo‘ylab terror hujumlari ko‘paydi.

Yaqinda AQSh prezidenti Donald Tramp jangarilarni engish uchun yangi strategiya e’lon qildi.

AQSh rasmiylarining bildirishicha, yaqinda Afg‘onistonga qo‘shimcha 3 ming amerikalik askar yuboriladi.

Hozirda mamlakatda 11 ming amerikalik harbiy bor

XS
SM
MD
LG