Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:33

Yulduz Oripova: Otam haqida kino olinsa, men konsultant bo‘laman


O‘zbekiston vazirlar mahkamasi qarori bilan «o‘zbek adabiyoti rivojiga nodir iste’dodi, badiiy teran, falsafiy she’rlari, dramatik va publitsistik asarlari, doston va tarjimalari orqali ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston Kahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish va ularning iste’dodlarini keng namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratish maqsadida» Qarshi shahrida shoir nomida ona -tili va adabiyotga ihtisoslashgan internet tashkil qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev "Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida" qaroriga binoan xiyobonda "milliy adabiyotning ulkan namoyandalari" Ozod Sharafiddinov¸ Erkin Vohidov¸ Muhammad Yusuflar qatorida Abdulla Oripovga ham haykal o‘rnatiladi.

Abdulla Oripovnig xotini Hanifa Oripova erining haykali yonida.
Abdulla Oripovnig xotini Hanifa Oripova erining haykali yonida.

Shuningdek 30 avgust kuni shoirning haykali u tug‘ilgan Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida o‘rnatilishi rejalangan. Haykalni taniqli rassom Azamat Hatamov ishlagan.

Qarshida o‘rnatiladigan haykal eskizi
Qarshida o‘rnatiladigan haykal eskizi

Jurnalist Abdurahmon Tashanovning aytishicha¸ Abdulla Oripov haykali Qarshidagi O‘zbekiston ko‘chasida o‘rnatiladi. Ayni ko‘chada Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bag‘ishlangan muzey ham ish boshlaydi, dedi suhbatdosh.

Shoir yaqinlarining Ozodlikka aytishicha¸ 24 sentabr kuni Toshkentda shoirni eslash tadbirlari rejalangan. Shoir tuproqqa berilgan Chig‘atoy qabristonida haykal o‘rnatilishi ham kutilmoqda. Ozodlik suhbatlashgan kino arboblaridan birining aytishicha, O‘zbekiston prezidenti topshirig‘i bilan shoir haqida to‘lametrajli badiiy film yaratish rejalangan.

Abdulla Oripov ijodi bo‘yicha qator risolalar muallifi¸ filologiya fanlari doktori¸ professor Qozoqboy Yo‘ldoshevnimng aytishicha, Abdullla Oripov haqida o‘nta kino olsa ham arziydi:

- Abdulla Oripov Cho‘lpon emas¸ Abdulla Oripov Fitrat emas. Lekin u Cho‘lpon ham Fitrat ham qilmagan ishni qilgan yozuvchi. U muholifatchi emas edi ¸ u kurashchi emas edi. U murosachidir lekin. Uning qilgan kashfiyoti badiiyligida. Odamning ko‘nglini anglashda. Ko‘ngildan kechgan hislarni ifodalashda qilgan ishini keyingi yuz yilda biron o‘zbek yozuvchisi qilmagan. Qilolmas ham edi. U kishi nomi bilan ataladigan maktabda adabiyot o‘qitiladi¸ u kishi haykali tagida she’rlar o‘qiladi. U kishining hayoti o‘nta kinoga arziydi¸ dedi Qozoqboy Yo‘ldoshev.

Shoirning qizi Yulduz Oripova
Shoirning qizi Yulduz Oripova

Marhum shoir Abdulla Oripovning qizi¸ teleboshlovchi¸ jurnalist va kinolarda rollar o‘ynagan san’atkor Yulduz Oripova otasi xotirasining abadiylashtirilishiga tarixiy zarurat sifatida qaraydi.

- Agar otam haqida film olinsa, bu film badiiy to‘qimadan holi va ayni paytda shoirning dardli dunyosini to‘laqonli aks ettiradigan film bo‘lishi kerak. Bu film jahon kino standartlarida¸ mahoratli rejisserlar tarafidan suratga olinsin. Agar shunday sifatli kino bo‘lmasa, olinmagani ma’qul, deydi shoiraning to‘ng‘ich qizi Yulduz Oripova.

Чодирҳаëл: Юлдуз Орипова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:02 0:00

Oripov qizi Yulduz bilan
Oripov qizi Yulduz bilan

O‘tgan yili AQShda vafot etgan Abdulla Oripov Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida dehqon oilasida 1941 yili dunyoga kelgan edi.

Oripov 1963 yildan buyon turli nashriyotlarda muharrir, Yozuvchilar uyushmasida kotib, Butunittifoq Mualliflik huquqini himoya qilish idorasining O‘zbekistondagi rahbari vazifalarini bajarib kelgan.

Abdulla Oripovning talabalik yillarida yaratilgan she’rlari respublika vaqtli matbuotida chop etildi. 1965-yilda birinchi she’rlar to‘plami — «Mitti yulduz» kitobi chop etildi, shundan buyon shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1971), «O‘zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot» (1974), «Yurtim shamoli» (1974), «Hayrat» (1979), «Hakim va ajal» (1980) «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983) she’riy to‘plamlari bosildi.

Abdulla Oripov Dantening «Ilohiy komediya» asarini o‘zbek tiliga o‘girdi, Nekrasov, Ukrainka, Shevchenko asarlarini ham ona tiliga tarjima qildi.

Ijodkorning she’riy majmualari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan va alohida kitob holida nashr etilgan.

XS
SM
MD
LG