Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:50

Shavkat Mirziyoev Nyu-Yorkka Alisher Usmonovning samolyotida uchib bordi


Mirziyoevni Nyu-Yorkda Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm kutib oldi. Surat president.uz saytidan olindi
Mirziyoevni Nyu-Yorkda Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm kutib oldi. Surat president.uz saytidan olindi

O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoevning AQShga rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning xususiy samolyotida uchib borgani aytilmoqda. Havo kemalari parvozini kuzatish imkonini beruvchi flightradar24 saytiga ko‘ra, radarga Airbus A340-313 samolyoti tushgan va u M-IABU kodi bilan qayd etilgan. Bu koddagi uchoq Alisher Usmonovga tegishlidir.

Havo kemalarining parvozdagi harakatini kuzatib turish imkonini beruvchi flightradar24 sayti ma’lumotlariga qaraganda, 18 sentabrda Toshkent aeroportidan mahalliy soat 09:19da havoga ko‘tarilgan samolyot 13 soatu 5 daqiqa to‘xtovsiz uchib, Nyu-Yorkning JFK aeroportiga yetib qo‘ngan.

Shavkat Mirziyoev Nyu-Yorkka BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun bordi.

Flightradar24 saytidan olingan skrinshot
Flightradar24 saytidan olingan skrinshot

Flightradar24 qayd etgan bort Airbus A340-313 samolyoti bo‘lib, u M-IABU kodi bilan qayd etilgan.

"M-IABU" kodidagi IABU harflari "Men Alisher Burxonovich Usmonov (I'm Alisher Burkhanovich Usmanov) deganini anglatadi.

O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkka Alisher Usmonovning samolyotida borganiga O‘zbekiston24 telekanalida e’lon qilingan video ham dalil bo‘lishi mumkin.

Videoda Usmonovga tegishli ekani aytilgan samolyotning bir qismi ko‘rinib turibdi.

Suratning chap tomondagi orqa fonda ko‘ringan samolyotning Alisher Usmonovga tegishli ekani taxmin qilinmoqda (Surat president.uz saytidan olindi)
Suratning chap tomondagi orqa fonda ko‘ringan samolyotning Alisher Usmonovga tegishli ekani taxmin qilinmoqda (Surat president.uz saytidan olindi)

Telekanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm kutib olgani to‘g‘risida xabariga ilova qilingan suratda Mirziyoev Lemm bilan samolyot fonida turgani aks etgan.

Suratdagi samolyot bortining bo‘yog‘i O‘zbekiston prezidentining samolyotini emas, balki Alisher Burxonovning samolyotini eslatadi.

O‘zbekiston Prezidentining o‘z samolyotida emas, balki Usmonovnikida uchayotgani borasida Toshkentdagi manbasidan xabar olgan Bi-bi-si radiosi ham M-IABU harakatini flightradar24 saytida jonli ravishda kuzatganini xabar qildi.

Narxi 350 million dollar ekani aytilgan bu samolyot dunyodagi qimmatbaho shaxsiy uchoqlardan biri hisoblanadi. Uning bortiga Alisher Usmonovning otasining ismi - "Bourkhan" (Burxon) so‘zi yozilgan.

Shavkat Mirziyoev 5 sentabr kuni Bishkekka O‘zbekiston prezidenti samolyotida borgan edi.
Shavkat Mirziyoev 5 sentabr kuni Bishkekka O‘zbekiston prezidenti samolyotida borgan edi.

Hozircha O‘zbekiston prezidentining qanday samolyotda borgani, agar Alisher Usmonov samolyotida borgan bo‘lsa, buning sabablari haqida biror rasmiy ma’lumot yo‘q.

Bi-bi-sining yozishicha, 18 sentabr kuni efirga uzatilgan "Axborot" ko‘rsatuvida Prezident Mirziyoevning aftidan bir qo‘riqchisi bilan Toshkent aeroportidan chiqib ketayotgani namoyish qilingan, ammo odatga aylangan uchoqqa chiqib ketish kadrlari ko‘rsatilmagan.

Ozodlik bu borada rasmiy ma’lumot olishga urinmoqda.

Shavkat Mirziyoev prezidentlikka saylangach, Alisher Usmonov O‘zbekistonga tez-tez keladigan bo‘ldi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin ekani aytiladigan Usmonov O‘zbekiston Prezidenti bilan qudachilik rishtalariga ega.

XS
SM
MD
LG