Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:50

Oliy sud “shturm”chi shikoyatchilar voqeasi tafsilotlarini ochiqladi


15 avgust kuni O‘zbekiston Oliy sudi binosi oldida kutish joniga tekkan yuzlab shikoyatchi binoning ëpiq darvozasi qulfini sindirib ichkariga kirgani xabar qilingandi. Oliy sud “voqelik bo‘rttirib ko‘rsatilgan”ini ta’kidlab, aslida bir necha shikoyatchi qabulga navbatsiz kirish maqsadida militsiya xodimlarini chalg‘itib, darvoza qulfini ochib, sud binosiga kirishgani haqida e’lon qildi.

O‘zbekiston Oliy sudi rasmiy saytida 19 avgust kuni e’lon qilingan xabarda, 15 avgust kungi voqea quyidagicha tasvirlangan:

“Oliy sud binosi darvozasi yonida kutib turgan bir necha fuqaro qabulga navbatsiz kirish maqsadida postda turgan militsiya xodimi va sud xizmatchilari diqqatini chalg‘itib, o‘zboshimchalik bilan darvoza qulfini ochib, sud binosiga kirdi.

Ular bino foyesiga kirgach, qabul tartibidan xabardor qilindi. Ularning bir qismi roziliklari bilan Oliy sud raisi o‘rinbosari va sudyalari tomonidan qabul qilindi. Qolganlarini esa rais qabul qildi", deb yoziladi voqea tafsilotlari ochiqlangan xabarda.

O‘sha kuni sud binosiga “o‘zboshimchalik bilan” kirganlardan biri, shikoyatchi Shavkat Yunusov Ozodlik bilan suhbatda kun issig‘ida kutaverib xoldan toygan 400 ga yaqin shikoyatchi sud hovlisi darvozasiga yopirilib, "ichkariga shturm bilan" kirgani haqida gapirgandi:

- Hammayoq qiyqiriq bo‘lib ketdi. Odamlarning ichkariga intilishini ko‘rsangiz edi. Haqiqatdan ham shturm bo‘ldi¸ degandi Yunusov 16 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda.

Шавкат Юнусов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:56 0:00

Yunusovga ko‘ra¸ joriy qilingan kutish raqamlariga (shikoyatchilarning qo‘lidagi navbat raqami - tahr.) mulozimlarning rioya qilmagani odamlarning toqatini toq qilgan.

Oliy sud binosida bo‘lgan voqea to‘g‘risida Fergananews informatsion agentligi ham yozdi.

"Odamlar nimaga qodir ekanligini namoyish qilganini ko‘rish kerak edi. Sud hovlisiga va binosiga bostirib kirganlarni bosiqlikka chaqirishga urinishdi, lekin hech kimni ortga haydab o‘tirishmadi. Qo‘riqchilar chopqillab yurganini ko‘rish kulgili bo‘ldi",- deb aytgan chirchiqlik 80 yashar Lyubov Churakova. Agentlikka ko‘ra, bu ayol qariyb 10 yildan buyon adolat izlab idorama-idora izg‘iydi.

Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, Oliy sud binosiga "bostirib kirganlar"ning yagona maqsadi mulozimlar qabuliga tezroq kirish bo‘lgan, xolos. "Bostirib kirganlar" sud binosiga ham, bino ichidagi jihoz va ashyolarga ham hech qanday zarar yetkazmagan. Ba’zi guvohlarning aytishicha, darvoza ilgagi singan. Lekin boshqa guvohlar ilgak o‘zi ochilib ketganini aytdi.

Oliy sudning rus tilida e’lon qilgan 19 avgustdagi xabarida "voqelik bo‘rttirib ko‘rsatilgan”i ta’kidlangan:

“2017 yil 16-17 avgust kunlari ayrim internet-saytlarda joriy yil 15 avgustida Oliy sud binosiga "shturm" qilingani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Nashrlarning yozishicha, ushbu voqea Oliy sud raisi K. Kamilov fuqarolarni qabul qilish payti sodir bo‘lgan.

Haqiqiy vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilgan qator nashrlar “g‘azablangan fuqarolarning baqir-chaqirlari”, “mustahkam darvozalarning sindirilgani”, “buzib kirilgan qasr”, “300-400 kishi” kabilardan mushtariylarni xabardor qilgan. Afsuski, Internetga berilgan xabarlarni tekshirmasdan, ushbu veb-saytlar xulosa qilishga shoshilib, voqelikni bo‘rttirib ko‘rsatgan”, deyiladi Oliy sud rasmiy xabarida.

Rasmiy xabarga ko‘ra, 15 avgust kuni Oliy sud raisi K.Kamilov fuqaroviy, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha 100 dan ortiq shikoyatchini qabul qilgan. Shuningdek, shu kuni 27 kishining ariza va shikoyatlari qabul qilingan va turli masalar bilan og‘zaki murojaat qilgan 72 kishi qabul qilingan.

Oliy sud raisi va rais o‘rinbosarlari har kuni arizachilarni qabul qilishi ta’kidlangan rasmiy xabarda.

XS
SM
MD
LG