Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:07

AQSh maxsus elchisi Kurt Volker Minskda Rossiya rasmiylari bilan uchrashadi


Ukraina sharqidagi qurolli mojaroga chek qo‘yish urinishlari bo‘yicha AQSh maxsus elchisi etib tayinlangan Kurt Volker 21 avgust kuni Misnk shahriga xizmat safari bilan boradi va u yerda Ukraina-Rossiya aloqalarini muhokama qilish uchun Rossiya hukumati vakili bilan uchrashadi.

Buning ortidan Volker Litva poytaxti Vilnyus shahriga borib, Ukraina kelajagini muhokama qilish uchun yuqori lavozimli rasmiylar bilan uchrashadi.

Bu haqda 18 avgust kuni AQSh Davlat departamenti bildirdi.

Departmanet bildiruvida Rossiya rasmiysi ismi ishkor qilinmadi. Oy boshida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson unga Volker “yaqin kelajakda” Rossiyaning Ukraina bo‘yicha maxsus elchisi Vladislav Surkov bilan uchrashishini aytganini bildirgan edi.

23 avgust kuni Volker Kievga borib, AQSh mudofaa vaziri Jim Mettis bilan birga “Ukraina suverenitetini hamda hududiy birliginni tiklashga qaratilgan diplomatik muzokaralarning navbatdagi qadamlarini muhokama qilish uchun” Ukraina hukumatining yuqori lavozimli rasmiylari bilan uchrashadi.

Mettis Ukraina prezidenti Petro Poroshenko hamda Mudofaa vaziri Stepan Poltirak bilan Kiev bilan Moskva o‘rtasidagi tanglikni muhokama qilishi kutilmoqda. Rossiya 2014 yilda Qrimni anneksiya qilib, Ukraina sharqida ayirmachilarni qo‘llay boshlagani uchun AQSh hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatga qarshi sanskiya joriy qilib keladi.

Ko‘p ko‘lamli isbot va dalillar borligiga qaramasdan, Moskva Ukrainada rossiyaparast ayirmachilarni qo‘llab kelayotganini rad etadi.

O‘tgan oyda Volker Ozodlik radiosining Current Time TV telekanali bilan suhbatda Tramp ma’muriyati Kiev o‘zini Rossiya dastaklayotgan ayirmachilardan himoya qila olishi uchun Ukrainaga qurol-aslaha yuborish haqida o‘ylayotganini aytgan edi.

Volker Ukrainaga qurol berish Rossiyani allaqachon qilayotgan ishlaridan ko‘proq chora ko‘rishga majburlamasligini aytdi.

6 avgust kuni AQSh matbuoti Pentagon Ukrainaga 50 million dollar qiymatga ega qurol-aslaha yuborishni tavsiya qilayotgani haqida yozdi.

Xabarlarga ko‘ra, yuboriladigan qurol-aslahalar orasida Javelin tanklarga qarshi raketa tizimlari ham bo‘ladi. Kiev ayirmachilar boshqaruvidagi hududlardagi zirhli transport vositalariga qarshi kurashish uchun aynan shunday tizimlar kerak ekanligini aytib keladi.

XS
SM
MD
LG