Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:23

Qozog‘istonda avtobus ag‘darilishi oqibatida o‘zbekistonliklar nobud bo‘ldi (VIDEO) (YaNGILANDI)


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qozog‘iston axborot agentliklari Oqto‘be viloyatidagi yo‘l-transport halokatida 9 o‘zbekistonlik nobud bo‘lganini xabar qildi. O‘lganlar sonini tasdiqlagan Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi qurbonlar vatandoshligiga oid ma’lumotlar aniqlashtirilayotganini bildirdi.

22 iyun kuni ertalabki soat 10 larda Qozog‘istonning Chimkent shahridan Rossiyaning Volgogradiga ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi. Oqto‘be viloyatining Oytekebiy tumanida sodir bo‘lgan bu avariya oqibatida 9 nafar O‘zbekiston vatandoshi hodisa joyida halok bo‘ldi¸ deb xabar qildi Kazinform agentligi.

“Kazinform” agentligi xabaricha, ikki qavatli “Mersedes” avtobusida 52 yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 50 nafari O‘zbekiston vatandoshi va ikkitasi qozog‘istonlik bo‘lgan.

Agentlikning Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib bildirishicha¸ 17 nafar o‘zbekistonlik va bir nafar qozog‘istonlik yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan¸ 25 jarohatlangan yo‘lovchiga esa voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining Ozodlik suhbatlashgan rasmiysi avariya sabablarini o‘rganish bo‘yicha maxsus komissiya ish boshlaganini bildirdi:

- Bugun Oqto‘be viloyatidagi “Samara-Shimkent” trassasining 945 kilometrida yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobus ag‘darilib ketdi. Hozircha 9 kishi o‘lgani va 18 nafari jarohatlangani ma’lum. Vaziyat va hodisaning og‘irligini hisobga olib, xizmat taftishini o‘tkazish¸ avariya sabablarini o‘rganish maqsadida Oqto‘be viloyatiga Ichki ishlar vazirligining Ma’muriy politsiya qo‘mitasi bo‘limi rahbari boshchiligida maxsus guruh jo‘natildi, dedi vazirlik matbuot xizmati rasmiysi Oleg Ivashchenko.

Politsiya boshqarmasida hodisa yuzasidan O‘zbekistonning mamlakatdagi elchixonasiga bildirishnoma yuborilgani aytildi.

Youtube tarmog‘ida hodisa joyidan yo‘lovchilar tomonidan olingan videotasvir ham paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati “vazirlik konsullik boshqarmasi va Qozog‘istondagi elchixonasi tomonidan jarohat olganlarning shaxsini aniqlash va jarohatlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish uchun choralar qo‘llanilayotgani” haqida baënot tarqatdi.

Hodisadan bir kun o‘tib, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxatini e’lon qildi.

1. Jumaev Toshtemir Ahmadovich, 1988-yil 24-iyulda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati, Bandixon tumani, “Bandixon” QFY, Qizilqaloq ko‘chasida ro‘yxatda turadi.

2. Ergashev Muzaffar Abubakirovich, 1991-yil 22-aprelda tug‘ilgan, Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, “Bandixon” QFY, Qizilqaloq ko‘chasida ro‘yxatda turadi.

3. Kaxxorov Ulmasbek Buronboevich, 1982-yil 17-martda tug‘ilgan, Andijon viloyati, Marhamat tumani, “Ko‘tarma” QFY, Kichik ko‘tarma ko‘chasida ro‘yxatda turadi.

4. Aliev Shohruxbek Shavkat o‘g‘li, 1990-yil 22-noyabrda tug‘ilgan, Andijon viloyati, Bo‘z tumani, “Xovas” QFY, Zavrok ko‘chasida ro‘yxatda turadi.

5. Mo‘minov Abdurasulxon Parpievich, 1984-yil 12-oktabrda tug‘ilgan, Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Zarbdor” QFYda ro‘yxatda turadi.

6. Xolboev Anvarjon Akramjonovich 1988-yil 30-avgustda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumani, “Qatortol” QFY, Pinaj ko‘chasida ro‘yxatda turadi.

7. Tursunov Kudratali Rustamalievich, 1981-yil 20-iyunda tug‘ilgan, Namangan viloyati, Chust tumani, “Sho‘rkent” QFYda ro‘yxatda turadi.

8. Kurbonov Ikboljon Ilhomjonovich, 1987-yil 13-mayda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, “Mehnatobod” QFYda ro‘yxatda turadi.

9. Kodirov Zohidjon Zoirovich, 1982-yil 15-aprelda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, “Yakkatut” QFYda ro‘yxatda turadi.

Kasalxonaga joylashtirilgan O‘zbekiston vatandoshlari ro‘yxati:

1. Xolmatov Islomjon Odimovich - 30.05.1981-y.

2. Tog‘aev Ismoil Abdullaevich - 01.03.1980-y.

3. Nosirov G‘ulomjon Abdujabborovich - 25.09.1980-y.

4. Xo‘jaev Shermonat Xurmonotovich - (?)02.03.1988-y.

5. Nasipov Olimjon Abdixalidovich - 12.11.1977-y.

XS
SM
MD
LG