Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:48

Iroq hukumati kuchlari Mosul aeroportini ishg‘ol qilgach, shaharning g‘arbiy qismiga kirdi


Iroq hukumati kuchlari AQSh yetakchiligidagi koalitsiya yordamida Mosul shahrining g‘arbiy qismini ishg‘ol qilish uchun hujumlarni amalga oshirmoqda. Bu haqdagi xabarlarga ko‘ra, harbiylar “Islom davlati” ekstremistik guruhi nazorati ostida qolayotgan shaharning g‘arbiy qismidagi mavzelardan biriga kirib borgan.

Oldinroq Mosul shahrining “Islomiy davlat” jangarilari qo‘lida qolayotgan qismini ozod etish uchun kurashayotgan Iroq kuchlari shahar aeroportini zabt etgani xabar qilingandi.

Bu haqda 23 fevral kuni Reuters agentligiga Iroq armiyasi ikkinchi tezkor polki qo‘mondoni polkovnik Mahdi Abbos ma’lum qildi.

"Mosul aeroporti to‘laligicha nazorat ostiga olindi. Bundan tashqari aeroport yaqinidagi shakar zavodi ham janggarilardan tozalandi”,- dedi Mahdi Abbos.

Avvalroq Iroq kuchlari AQSh etakchiligidagi xalqaro koalitsiya ko‘magi bilan Mosul shahrining g‘arbiy qismini ozod etish amaliyotini boshlagan edi. Iroq rasmiylarining bildirishicha, 19 fevraldan beri 120 kvadrat kilometr hudud jangarilar changalidan ozod qilingan.

Rasmiylarga ko‘ra, hukumat askarlari yaqin kunlarda g‘arbiy Mosulga kirib borishi mumkin bo‘ladi.

Iroq kuchlari o‘tgan yilning oktabr oyida AQSh havo hujumlari, shia jangchilar hamda kurd peshmerga qo‘shinlari ko‘magi bilan shaharni ozod etish amaliyotini boshlagan edi. “Islomiy davlat” yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy 2014 yil Mosulda turib Iroq va Suriyani o‘z ichiga olgan xalifalik e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG