Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:38

Mart oyidan boshlab Ravon Nexia Qozog‘istonda yig‘ila boshlanadi


O‘zbekistonda 2016 yildan boshlab avtomobillar Ravon brendi ostida ishlab chiqarilmoqda.
O‘zbekistonda 2016 yildan boshlab avtomobillar Ravon brendi ostida ishlab chiqarilmoqda.

O‘zbek avtomobillarini yig‘ish mart oyidan boshlab Qozog‘istonda ham yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Toshkentda 23 fevral kuni o‘tgan O‘zbekiston-Qozog‘iston davlatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasining 16-yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Komissiya yig‘ilishida mart oyidan boshlab Ravon brendi ostida ishlab chiqarilayotgan GM Uzbekistan yengil avtomobillarini Qozog‘istonda yig‘ish ishlari boshlanishi ma’lum qilindi.

Ma’lumotda aytilishicha, o‘zbek avtomobillarini yig‘ish Qozog‘istonning Ko‘stanay shahridagi “SariarkaAvtoProm” shirkati bazasida amalga oshiriladi.

“SariarkaAvtoProm”ta’sischisi bo‘lgan Allur Group shirkati direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentyev yig‘ilishda: “Hozirda barcha sinov ishlari yakunlandi. Ayni paytda GM Korea shirkati bilan litsenziya shartnomasini imzolash uchun xulosani kutayapmiz. 22 martda ishlab chiqarishga start berilishi mumkin”,- deb aytdi.

“SariarkaAvtoProm” va GM Uzbekistan 2016 yil oxirlarida o‘zbek mashinalarini Qozog‘istonda yig‘ish shartnomasini imzolalagan edi.

Ko‘stanayda dastlabki bosqichda yiliga 7 mingta Ravon Nexia R3 yig‘ish rejalanmoqda. Kelajakda esa Spark rusumidagi avtomashinalar ham yig‘ilishi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov O‘zbekiston va Qozog‘iston iqtisodiy hamkorlik komissiyasining 16 -yig‘ilishida Qozog‘istonda JV MAN Avto Uzbekistan ishlab chiqarayotgan yuk mashinalarini hamda "SamAvto" avtobuslarini ham yig‘ish masalasi o‘rganilayotganini aytdi.

Bundan tashqari Qozog‘iston O‘zbekistonga Olmaota -Toshkent - Olmaota yo‘nilishi bo‘yicha tezyurar poezd qatnovini yo‘lga qo‘yish taklifini ham kiritdi.

“Bu taklifni qo‘llab – quvvatlaymiz va Qozog‘iston tomonining transport sohasidagi barcha yangi takliflarini ko‘rib chiqishga tayyormiz”, - deb bildirdi Ochilboy Ramatov.

Unga ko‘ra, Qozog‘iston ikki davlat shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yishni ham taklif qilmoqda.

Xabarlarga qaraganda, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va o‘zaro savdo aylanmasi hajmini 5 milliard dollarga yetkazish yo‘nalishida ishlamoqchi. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 3 milliard dollarni tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG