Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:27

Bishkek yaqinida turk uchog‘i qulab tushdi (VIDEO)


Qirg‘iziston poytaxtidagi “Manas” aeroporti yaqinida Turkiyaga qarashli Boing-747 uchog‘i qulab tushdi. Aviahalokat natijasida 40 chog‘li odam nobud bo‘lgani aytilmoqda. Favqulodda hodisa ortidan “Manas” aeroporti vaqtincha yopildi.

Boing-747 yuk tashuvchi uchoq 16 yanvar tongida Gonkongdan uchib kelayotib, “Manas” xalqaro aeroportiga qo‘nayotgan paytda aeroport yaqinidagi Dacha qishlog‘iga qulab tushib, yonib ketdi. Xabarlarga ko‘ra, uchoq Bishkekka yoqilg‘i quyish uchun qo‘nmoqchi bo‘lgan.

Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, turk uchog‘i qulashi natijasida 37 kishi nobud bo‘lgan. Ulardan to‘rt nafari uchoq ekipaji a’zosi ekani aytilmoqda.

"Манас" аэропорти яқинидаги учоқ қулаган қишлоқдан лавҳа
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:43 0:00

Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, turk uchog‘i qulashi sabablarini o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokat sodir bo‘lgan qishloqda 23 ta uyga shikast yetgan.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa ortidan qurbonlar soni oshishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Dacha qishlog‘idagi hodisa chog‘ida jabrlangan besh kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Бишкек аэропорти яқинидаги учоқ қулаган жойдан видео
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:34 0:00
Бевосита линк

​Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Boing-747 uchog‘i qulagan joyda chiqqan yong‘inni o‘t o‘chiruvchilar hozirda o‘chirishga muvaffaq bo‘lganlar.

Uchoq halokati ortidan "Manas" xalqaro aeroporti vaqtincha yopildi.

Dastlabki taxminga ko‘ra, aviahalokatga uchoq ekipaji harakati sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Aviahalokat bo‘yicha Qirg‘iziston transport prokuraturasi jinoyat ishi ochdi. Jinoyat ishi tergov uchun Ichki ishlar vazirligiga topshirilgani aytilmoqda.

Qirg‘iziston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Muxammetqaliy Abulg‘azievning bildirishicha, turk uchog‘i qulash sabablarini tekshirish ichiga Xalqaro aviatsiya qo‘mitasi mutaxassislari ham jalb etiladi.

"Manas" aeroporti yaqinidagi aviahalokatda ko‘plab odam nobud bo‘lgani munosabati bilan Qirg‘izistonda mamlakat prezidenti farmoni bilan 17 yanvar "motam kuni" deb e’lon qilindi.

XS
SM
MD
LG