Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:56

Tramp Rossiya bilan yadroviy kelishuv imzolashni istaydi


Donald Tramp.
Donald Tramp.

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yadroviy qurollar zahirasini ozaytirishga kelishsa, Moskvaga qarshi joriy qilingan iqtisodiy sanksiyalarning ayrimlarini bekor qilishi mumkinligini bildirdi.

Bu haqda The Times of London gazetasi xabar tarqatdi.

Tramp The Times of London hamda Bild gazetalariga bergan intervyusida Rossiya va AQSh o‘z yadroviy qurollari sonini keskin ozaytirishini istashini aytgan.

Tramp yana Moskvaning Suriyadagi fuqaroviy urushga aralshuvini “dahshatli gumanitar vaziyat” keltitirib chiqargan “yomon narsa” o‘laroq tanqid qilgan.

Saylangan prezident yana NATOni terrorizmga yetarlicha kurashmaganlikda ayblagan, ammo alyans hali ham o‘zi uchun juda muhim ekanligini ta’kidlagan.

Tramp NATOga a’zo davlatlar o‘z xavfsizliklarini ta’minlash uchun yetarlicha mablag‘ sarflamayotganini, ularning o‘rniga AQSh bu pulni to‘layotganini ta’kidlagan.

“Bu mamlakatlarning ko‘pchiligi to‘lashi kerak bo‘lgan narsani to‘lamaydi. Menimcha, bu AQShga nisbatan adolatdan emas”, degan Tramp NATOga a’zo 28 davlatning faqat beshtasi o‘z hissasini qo‘shayotganini qo‘shimcha qildi.

Tramp yana Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etganini olqishlab, blokning liberal muhojir siyosati tufayli boshqa davlatlar ham uni tark etishi mumkinligini ta’kidladi.

Tramp Germaniya kantsleri Angela Merkelni hurmat qilsa-da, kantsler juda ko‘p hujjatsiz muhojirni Germaniyaga kiritib, “katta xato” qilganini aytdi.

Tramp yana kuyovi Jared Kushner zimmasiga Yaqin Sharq bo‘yicha kelishuvga erishish vazifasini yuklashini bildirdi.

Tramp qirolicha Yelizavetani olqishlab, Britaniya bilan savdo kelishuvi imzolashga oshiqayotganini hamda yaqinda mamlakat bosh vaziri Tereza Mey bilan uchrashinini aytdi.

XS
SM
MD
LG