Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:19

Moskvada 1 yashar bolasi tortib olingan Nilufar bugun prokurorga ariza topshiradi (VIDEO)


Nilufar Mamasaidova va uning qizi Manija
Nilufar Mamasaidova va uning qizi Manija

O‘zbekistonlik mehnat muhojiri, andijonlik 30 yashar Nilufar Mamasaidovaning nomidan Moskva shahar, Kuntsevo tuman proruroriga ariza topshirilayotgani to‘g‘risida Ozodlikka uning huquqlarini himoya qilayotgan advokat Bahrom Ismoilov bildirdi.

26 dekabr kuni Nilufarning Moskvada tunagan uyini o‘g‘ri urgan va narsalari bilan birga hujjatlari o‘g‘irlangan va uning ko‘rgiliklari shundan boshlangan edi.

Aytilishicha, politsiyaga o‘g‘irlik to‘g‘risida ariza yozish va hujjatlari yo‘qolgani to‘g‘risida spravka olishga borgan Nilufardan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qligi uchun, 1 yashar qizi Manijani politsiya xodimlari olib qo‘yib, kasalxonaga yotqizgan.Nilufarning o‘zini esa politsiya 3 kunga qamab qo‘ygan.

Nilufar Mamasaidovaning advokati Bahrom Ismoilov 6 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 12 atrofida Ozodlikka bunday dedi:

- Men hozir Nilufarning o‘zi va elchixona xodimlari bilan (O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi –tahr.) Moskvada kunduz soat 2 bo‘lganida Moskva shahar, Kuntsevo rayon prokuroriga politsiya xodimlarining noqonuniy harakatlari ustidan ariza topshiramiz.

Advokatning aytishicha, politsiya xodimlari Nilufarning qizini olib qo‘yayotganda uni go‘yoki ko‘chadan topib olingan, onasi yo‘q, tashlandiq bola sifatida rasmiylashtirib, akt tuzgan. Nilufar advokati yordamida prokuraturadan o‘sha aktni bekor qilishni so‘ramoqchi.

Рус полицияси ҳужжатсиз қолган ўзбек аëлидан 1 яшар боласини олиб қўйди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:08 0:00

Nima bo‘lgan edi?

Nilufar Mamasaidovaning ko‘rgiliklari to‘g‘risida Ozodlikka Moskvada yashaydigan jurnalist Sohiba Hayitboeva aytib berdi.

Huquq himoyachisi sifatida mehnat muhojirlari muammolari bilan shug‘ullanadigan jurnalistning aytishicha,

- Moskva oblasti, Zelenograd shahrida sidelka bo‘lib ishlayotgan Nilufar biroz shamollab qolgan qizini do‘xtirga ko‘rsatish uchun 26 dekabrda Moskvaga kelgan va dugonalari turadigan kvartirada tunagan. O‘sha tunda kvartirani o‘g‘ri urib, Nilufarning hujjatlari ham o‘g‘irlanadi.

Shundan so‘ng politsiyaga o‘g‘irlik to‘g‘risida ariza yozish hamda hujjatlari yo‘qolgani to‘g‘risida spravka so‘rashga borgan Nilufarni, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qligini ro‘kach qilib, 1 yashar qizi Manijani politsiya xodimlari olib qo‘yib, kasalxonaga yotqizgan.

Sohiba Hayitboevaning aytishicha, Nilufarning 1 yashar qizi Manija hanuz:

- Moskva shahri, Volokolamsk shossesidagi 1- infeksion kasalliklar kasalxonasida qolmoqda. Bolani ko‘rish uchun Nilufar bilan har kuni borayapmiz. Olib borgan narsalarimizni olishayapti, lekin bolani onasiga ko‘rsatishmayapti.

Yeyishga suvsiz "Rolton", 3 sutkada 2 marta tualet

Qizi Manija kasalxonaga yotqizilgan onaning o‘zi Yangi yil arafasida 3 sutka Kunsevo tuman politsiya bo‘limi hibsxonasida yotib, qattiq shamollab chiqdi. Hibsxonada o‘ziga nisbatan qilingan noinsoniy munosabat to‘g‘risida Nilufar Ozodlikka aytib berdi:

- 3 kecha-kunduz sovuq kamerada saqlashdi. Kirayotgan kunim qo‘limga bitta korobka berishdi. Ichida “Rolton” (ivitib yeyiladigan ugra – tahr.) ikki paketchada quruq choy, 2 dona oq qand, 2 ta qoshiq, 1 ta vilka bor edi. Qaynoq suv berishmadi. Paypog‘imni ham yechishga majbur qilishdi. 3 sutkada 2 marta tualetga chiqishga ruxsat berishdi. O‘shanda ham eshikni tepib, taqillataverganimdan so‘ng ruxsat berishdi, dedi Nilufar.

Odatlanilmagan e’tibor

Nilufar Mamasaidova va uning qizi Manija bilan bog‘liq voqea 2015 yil kuzida sodir bo‘lgan shunga o‘xshash boshqa voqea -tojikistonlik 5 oylik chaqaloq Umarali Nazarovning o‘limi bilan tugagan voqeadan farq qilmoqda.

Agar Umaralining ota-onasi o‘z ko‘rgiliklari bilan yakka-yolg‘iz qolgan, Rossiya Tergov qo‘mitasi, oxir-oqibat, tojikistonlik go‘dakning o‘limida "jinoyatchilik alomatlari" topmagan va jinoiy ishni yopgan bo‘lsa, Nilufar va uning qizi ishiga Rossiya prezidenti huzuridagi bola huquqlari bo‘yicha vakil – Bola Ombudsmani – Anna Kuznetsova aralashdi.

Bu haqda xabar qilgan kommersant.ruga ko‘ra, Kuznetsova “O‘zbekiston fuqarosiga uning 1 yashar qizini qaytarish uchun zarur shartlarni yaratish zarurligi” to‘g‘risida bayonot bergan.

“Hayoti va salomatligiga tahdid mavjud paytda bolani onasidan ajratish o‘ta xavfli choradir. Hozirda onaning o‘z qizi bilan ko‘rishishi uchun yordam berish o‘ta muhim, bolaning onaga qaytarilishi uchun barcha sharoitlarni yaratish lozim”, degan Rossiyaning Bola Ombudsmani.

Nilufar Mamasaidova va uning qizi Manija bilan bog‘liq voqeaga O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ham favqulodda tezkorlik bilan aralashdi.

“RIA Novosti”ga ko‘ra, payshanba (5 yanvar) kuni Nilufarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlab berdi.

Bu ma’lumotni Ozodlikka advokat Bahrom Ismoilov ham, jurnalist Sohiba Hayitboeva ham, Nilufarning o‘zi ham tasdiqladi.

Sankt-Peterburgdagi kasalxonada ko‘z yumgan tojikistonlik go‘dak

5 oylik Umarali Sankt-Peterburgda onasi Zarina Yunusovaning qo‘lidan 2015 yilning 14 oktabrida politsiyachilar tomonidan zo‘rlik bilan tortib olinganidan bir necha soat o‘tgach, noaniq bir vaziyatda jon bergandi.

Bolani dastavval voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha inspektorga topshirganlar, keyin esa u “tez yordam” mashinasida kasalxonaga yuborilgan.

Umaralining o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Sud-tibbiy ekspertiza xodimlari xulosasida bolaning bevaqt o‘limiga shiddat bilan kuchayayotgan sitomegalovirus sabab bo‘lgani aytilgan.

Biroq farzandining sog‘lom bo‘lganini iddao qilgan va bu haqda tibbiy ma’lumotnomalarga ega bo‘lgan ota-ona ekspertlarning bu xulosasiga ishonmaydi.

Oradan bir yil o‘tib Rossiya Tergov qo‘mitasi tojikistonlik go‘dakning o‘limida "jinoyatchilik alomatlari" topmagani va jinoiy ishni yopilganini e’lon qildi.

XS
SM
MD
LG