Линклар

Isroil harbiysi falastinlikni o‘ch olish uchun otib o‘ldirishda aybdor deb topildi (VIDEO)


Isroil askari Elor Azariya falastinlik Abdul Fatox Sharif o‘limida aybdor, deb topildi.

Isroil askari Elor Azariya falastinlik Abdul Fatox Sharif o‘limida aybdor, deb topildi.

Isroil askari Elor Azariya falastinlik Abdul Fatox Sharif o‘limida aybdor, deb topildi. Isroil tarixidagi eng shov-shuvli ish bo‘yicha Tel-Aviv tribunali mana shunday qaror chiqardi.

O‘tgan yil martida ikki falastinlik pichoq bilan Isroil askarlariga hamla qilgan. Hujumchilardan biri Sharif yaralangan, uning sherigi esa otib o‘ldirilgan.

Serjant Azariya voqea joyiga harbiy vrach qatorida yetib kelgan va yordam ko‘rsatish o‘rniga yarador falastinlikni otib o‘ldirgan. Bu voqeaning videosi internet orqali tarqalib ketgan.

Advokatlar Azariya Sharifda hudkush kamari bo‘lishi mumkinligidan hadiksiraganini va o‘zini himoya qilib, uni otib o‘ldirganini aytmoqda. Biroq sud Azariya yarador falastinlikni harbiylarga hujum qilgani uchun o‘ch olish maqsadida otib o‘ldirgan, degan xulosaga keldi. Azariyaga jazo chorasi yaqin kunlarda e’lon qilinadi. U 20 yilgacha qamalishi mumkin.

Prokuror Nadav Vaysman hukm qonunlar asosida chiqarilganini aytar ekan, “ammo bu kunni baxtli kun deb ayta olmaymiz”, dedi.

Azariyaning advokatlari appelyatsiya arizasi yozishlarini bildirdilar.

Azariya oilasi matbuot kotibi: “Sud Isrolining barcha harbiylari yelkasiga pichoq urdi”, deb bayonot berdi.

Sud binosi oldida Azariya tarafdorlari hamda politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.

Azariya tomonidan otib o‘ldirilgan Sharifning otasi esa sud hukmidan mamnun ekannii aytmoqda.

“Ayblov hukmi to‘g‘ri bo‘ldi va biz jazo chorasi ham adolatli bo‘lishiga ishonamiz”, dedi Sharifning otasi.

Isroil mudofaa vaziri esa jamoatchilikni barqarorlikni saqlashga va qanchalik og‘ir bo‘lmasin, sud qaroriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG