Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:33

ID "jihodchi qozoq bolalar" aks etgan video tarqatdi


“Islomiy davlat” guruhi qozog‘istonlik ekani aytilgan bolalarning harbiy mashqlardan o‘tayotgani aks etgan videolavhani e‘lon qildi.

Bu haqda Britaniyaning Daily Mail nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, video internetdagi ijtimoiy tarmoqlarga 22 noyabr kuni joylashtirilgan.

Unda qozoqcha gapirgan bolakaylar Quron va arab tilidan dars olayotgani hamda harbiy mashqlardan o‘tayotgani tasvirga olingan.

Videolavha qachon tayyorlangani bo‘yicha aniq ma‘lumot yo‘q. Daily Mail nashrining yozishicha, lavha “Islomiy davlat” guruhining “Al Hayat” media markazi tarafidan tayyorlangan.

Bir yilcha avval internetda Suriyaga borgan 150 nafar qozog‘istonlik jihodchilarning videosi paydo bo‘lgan edi.

O‘tgan hafta boshida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi “Islomiy davlat” guruhi safida kamida 300 nafar qozog‘istonlik jang qilayotganini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG