Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:24

OzodMaktub: Hayotimiz spetspriyomnikda o‘tayapti


Men bu xatim orqali avvalambor yurtdoshlarimni, Rossiyaga kelmoqchi bo‘lganlarni va Rossiyadagilarni ogohlantirmoqchiman. Chunki biz tushgan holatga boshqa yurtdoshlar tushishini xohlamayman.

2013 boshida o‘rtakash orqali “vid na jitelstvo” olish uchun kelishdik, o‘sha vaqtda Moskvada ishlardik. O‘rtakash o‘sha vaqtgacha bunaqangi ishlarni muvaffaqiyatli bajarib yurgan ekan. U nimagadir o‘ziga ishongani uchun kirish-chiqish migratsionkasini ham soxta topshirtirvordi.

Biz 3 kishi Mordoviya Respublikasi UFMSiga “razresheniye na vremennoye projivaniye”ga hujjat topshirdik-da, Moskvaga qaytib ketdik. 2013 yil 21 martida UFMS xodimi telefon qilib, RVP olishimiz uchun kelishimizni so‘radi.

Kelasi kuni o‘rtakashga kelishilgan 60000 rublni berib, RVP bostirdik pasportga. UFMSdan chiqqanimizdan keyin bizni FMS xodimlari: “Sizlar Moskvada yashab yuribsizlar, bilamiz” deb ushlab, 2000 rubldan jarima solishdi.

2014 yil 16 martida UFMSdan telefon qilishib, NDFL topshirishimizni talab qilishdi (hali yana 2 oy muddat bor edi). O‘rtakash yana soxta NDFL berib topshirtirdi. Sherigim ikkalamiz topshirdik ( uchinchimizga o‘sha kuni tayyor bo‘lmadi).

Kechgacha UFMSda ushlab o‘tirishdi. Kechqurun bir xonaga olib kirishib, do‘pposlashdi. Vaholanki, bunga hojat yo‘q edi. Shusiz ham hammasini tan oluvdik, chunki boshqa hech qanday hujjat olmasligimizni darhol tushundik.

Har birimiz o‘rtakashga umumiy 160000 rubldan bo‘lib-bo‘lib berib bo‘luvdik, lekin men har bergan pulni bildirmasdan telefon orqali videoga tushirib yoki bank orqali nomiga o‘tkazib beruvdim. Bu dalillarni ham ularga berdim, menga baribir bo‘lib qolgandi.

Menga juchok o‘rnatib, o‘rtakashning oldiga yuborishdi, u yana bilmasdan olgan pullarni, soxtalashtirgan hujjatlarini ham gapirdi. U bilan FSB xodimlari orasida 100 qadam bor edi, hamma dalillar va juchok yozvolgan ham bo‘lsa-da tegishmadi unga.

Shundan buyon hayotimiz spetspriyomnikda o‘tmoqda. 2014 yil 20 martida sud bo‘lib, 5000 rubl jarima soldi, uni to‘ladik. May oyida FMS xodimi kelib, soxta hujjat ishlatganimiz haqida tushuntirish xati yozdirib, 2000 rublь jarima soldi, buni to‘lamadik.

4 sentabr kuni sudga olib kelishdi. Sudьya ta‘tilda ekan, qoldirishdi. 18 sentyabrь kuni yana sudga olib kelishdi. Sudьya: “Nima uchun FMS xodimlari soxta hujjat uchun jarima soldi o‘zlaricha” deb, yana qoldirdi sudni.

2014 yil 23 sentabr kuni yana sudga olib kelishib, soxta hujjat uchun 5000 rublь jarima solishdi, uni to‘ladik. Lekin bizni hali ham jo‘natishmayapti O‘zbekistonga.

Hozircha oxirgi bahonasi - yuqorida yuborilgan opredeleniye bo‘yicha endi UFMS jo‘natishi kerakmi yoki sud pristavi jo‘natishi kerakmi - shuni aniqlar ekan.

Bundan keyin ham, menimcha, yana biron sabab o‘ylab topishsa kerak: masalan, bizni aeroportga yetkazadigan avtomashinaning g‘ildiragi kvadratsimon bo‘lishi kerakmi yoki aylanasimon deganga o‘xshash.

Odatda, vataniga jo‘natilayotganlar boshqa mamlakat fuqarolari uchun bunaqa byurokratiya qo‘llanilmaydi.

Xullas kalom, Rossiya qonunlarini rezinkaday xohlagan tarafga tortish mumkin, xohlagancha qiynashi mumkin ekan xohlagan kishisini.

Shuncha vaqt ichida bu ayniqsa o‘zbeklar uchun ko‘p qo‘llanilayotganiga guvoh bo‘layapman. Qirg‘izlar onda-sonda tushadi bu joyga. Lekin ularni 15-20 kunda jo‘natvoradi qanaqa hujjat bilan tushishidan qat‘iy nazar. Tojiklarni 30-35 kunda jo‘natishadi. O‘zbeklarni esa 50-120 kunda junatishadi.

Asosan Moskvadan kelayotgan poyezdlarga politsiya xodimlari chiqib, buyurtmada necha kishi bo‘lsa, shuncha kishini ushlab olib kelishadi, qolganlardan pul undirib, tegishmaydi. Asosan Moskva-Toshkent, Moskva-Ufa, Moskva-Qozon-Samara poyezdlari tuzoq manbasi.

Bizning soxta dokumentlarimizni qabul qilib, hammasi joyida deb topib, RVP berdirtirgan arman millatiga mansub UFMS xodimi ham Saranskda bemalol yuribdi. Bizning o‘rtakash ham yuribdi.

Vid na jitelstvosi bor bo‘la turib ham deport qilingan o‘zbeklarni bilaman, masalan, rasmiy ravishda ishlamagani uchun.

Hozir bu joyda RF fuqaroligi bor o‘zbekistonlik ham utiribdi, sababi uning O‘zbekiston pasporti bekor bo‘lmagan ekan.

Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lsa ham, o‘zbek bulgani uchun bir yigitni 6 oy deganda jo‘natishdi, yana “politsiyaga 1500 rubl pora bergan” deb, 3 oy qamoqqa ham jo‘natib, qaytarib olib kelishdi.

Tojikistonlik o‘zbek ham 4 yillik qamoq jazosini o‘tab kelib, 2 oydan beri o‘tiribdi, sababi kamida 20 yil Tojikistonda yashagan kishi ro‘yxatda yo‘qmish.

Sizlardan iltimos, Rossiya kartasini chizib, Mordoviya Respublikasini qora rangda belgilab ko‘rsatinglarki, o‘zbeklar bu yerni kesib o‘tmasin hech qachon. Bu hududni kesib o‘tayotgan kishi uchun xavf juda yuqori: poyezddami, avtomobildami - farqi yo‘q.

Bu hududda biz o‘tirgan spetspriyomnikdan tashqari juda ko‘p hibsxonalar bor maxsus xorijliklar uchun. Men kirillchada lotindan yaxshi yozaman, lekin boshqa yozishni xohlamayman. Ruschada bemalol gaplashaman, lekin boshqa xohlamayman.

Bizning ishimiz bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishinglarni juda xohlardik, agar sizlarda imkon bo‘lsa. Men shuni bilamanki, bizni qandaydir tashkilot yoki shaxsning topshirig‘i bo‘yicha bu joyda ushlab turishibdi, chunki bizga quyilgan administrativ va jinoiy (327-3) moddalar 70% ushlanganlar bilan bir xil. Boshqalarni 30-120 kunda vataniga jo‘natishadi, biz hali ham yotibmiz - 7 oy bo‘ldi. Turli bahonalar bilan ushlab utiraverishadi. Elchixonadan naf yo‘q, elchixonaga borib ko‘rishdi qarindoshlarimiz. Ochig‘i, ulardan bir naf chiqishini kutmagandim ham.

XS
SM
MD
LG