Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:16

O‘ta og‘ir vazndagi Ahror Muralimov WBA chempioni bo‘ldi


O‘zbek bokschisi Ahror Muralimov AQShda o‘ta og‘ir vazndagi WBA/NABA yo‘nalishi bo‘yicha chempion.
O‘zbek bokschisi Ahror Muralimov AQShda o‘ta og‘ir vazndagi WBA/NABA yo‘nalishi bo‘yicha chempion.

AQShda faoliyat yuritayotgan taniqli o‘zbekistonlik professional bokschi Ahror Muralimov o‘ta og‘ir vazndagi WBA/NABA yo‘nalishi bo‘yicha AQSh chempioni Jeyson Bergmanni ikkinchi raunddayoq nokaut qilib, chempion bo‘ldi. Shu kungacha o‘zbek pahlavoni xalqaro turnirlarda jami 15 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozondi.

AQShning Pensilvaniya shtatida o‘tkazilgan professional boks kechasida “Axa” taxallusi ostida ringga chiqqan taniqli o‘zbek bokschisi, 26 yashar Ahror Muralimov o‘z raqibi - WBA yo‘nalishi bo‘yicha AQSh chempioni bo‘lgan 30 yashar Jeyson Bergmanni urib yiqitdi.

Boks mutaxassislari 27 iyul kuni o‘tkazilgan o‘yinning birinchi raundida Bergman qo‘li ustun kelganini ta‘kidlagan bo‘lsada, jangning ikkinchi qismida Ahror chiroyli, chapdast harakatlar bilan raqibi ishqibozlarining ham tahsinlariga sazovor bo‘ldi.

Avval nokdaun qilingan Jeyson Bergman Ahror Muralimovning qayta hujumiga dosh bera olmasdan nokaut bo‘ldi.

O‘ta og‘ir vaznli sportchilar orasida o‘tgan jangda Ahror ajoyib jismoniy tayyorgarlikni namoyish etib, ikkinchi raunddayoq amerikalik chempionni nokaut qildi.

Vashingtonlik bokschi Jeyson Bergman ham o‘ta malakali bokschi bo‘lib, nokautchi bokschilardan sanalib kelgan. Muralimovga mag‘lub bo‘lishidan oldin Bergman 35 marotaba ringga tushgan, 23 marotaba g‘alaba qozongan, o‘n marotaba mag‘lub bo‘lgan. U o‘z raqiblarini 16 marotaba nokautga jo‘natgan.

Shu tariqa AQSh chempioniga aylangan Muralimov bungacha 15 marotaba ringga chiqib, biror marotaba “kuragi yerga” tegmagan.

Bu janglarda hozirda Xьyuston shahrida bo‘lgan yana bir o‘zbek chempioni – Bahodir Mamajonov bilan bir klubda mashq qilayotgan “Axa” o‘z raqiblari ustidan 13 marotaba muddatdan oldin g‘alaba qozongan.

Ўта оғир вазндаги Аҳрор Муралимов WBA чемпиони бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:35 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG