Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:59

Svetsizlik xususiy biznes uchun katta muammoga aylanmoqda


Избоскан туманида чироқнинг тез тез ўчиб туриши совутгичлардаги маҳсулотларнинг айниб қолишига сабаб бўляпти.
Избоскан туманида чироқнинг тез тез ўчиб туриши совутгичлардаги маҳсулотларнинг айниб қолишига сабаб бўляпти.

Yoz kunlari ham butun O‘zbekiston bo‘ylab kuzatilayotgan elektr energiyasi ta‘minotidagi surunkali uzilishlar cabab aholi¸ qolaversa¸ oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar sovutgich va muzlatgichlardagi mahsulotlar aynib qolayapti. Bu esa¸ xususiy tadbirkor uchun koni ziyon bo‘lmoqda.

Xususan¸ yozning chillasida ham Andijon viloyati Izboskan tumanida elektr energiyasi ta‘minotidagi uzilishlar to‘xtagani yo‘q.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan izboskanlik tadbirkorlardan biri bu uzilishlar oqibatida sovutgich va muzlatgichlardagi mahsulotlar aynib qolayotgani haqida yozdi:

“Izboskan tumani markazida elektr taqchilligi vujudga keldi. Ko‘plab savdo do‘konlari va davlat idoralari elektrsiz qolib ketmoqda. Markazdagi savdo do‘konlarida ikkitadan 6-7tagacha muzlatgichi bor. Undagi mahsulotlarimiz aynib qolib, bizga katta zarar bo‘layapti”, deb yozadi izboskanlik tadbirkorlardan biri.

Izboskanlik boshqa bir tadbirkor ham Ozodlik bilan suhbatda chiroqning tez-tez o‘chib turishi ularga zarar keltirayotganini tasdiqladi:

- Ko‘p o‘chiryapti, judayam ko‘p o‘chiryapti. Mana hozir ham o‘chib qolganiga 2 soat bo‘ldi. Tadbirkorlarning muzlatgichlardagi mahsulotlari erib ketyapti, kechasi o‘chib qolsa ertalabgacha aynib qolyapti. Bir kunda 3-4 soatdan ikki-uch martadan o‘chirishyapti. Shuning uchun tadbirkorlar, kechqurun aynib qoladigan mahsulotlarini o‘zlari bilan birga uylariga olib ketishyapti. Xonadonlardagi sovutgichlarda saqlab yana ertalab do‘konga olib kelishyapti, dedi izboskanlik tadbirkor.

Izboskan tumani elektr tarmoqlari idorasining mulozimi Ubaydulla Nazarov elektr energiyasi ta‘minotidagi uzilishlarning sababini ta‘mirlash ishlari olib borilayotgani bilan izohladi:

- Bizda o‘chyapti, chunki atroflarda remont ishlari ketyapti. Lekin Izboskan markazi Poytuq shaharchasida bir sekund ham o‘chmaydi, qishda ham o‘chmaydi. Atrofdagi podstantsiyalarda qishga tayyorgarlik ishlari olib borilayapti, pochti har kuni. Shu mahalda bir-ikki soat o‘chirilyapti, xolos, dedi Ubaydulla Nazarov.

O‘zbekistonning qishloq joylarida elektr va gaz taqchilligi yoz oylarida ham jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston hukumati mamlakatning 90 foizidan ortig‘i elektrlashtirilgani, 80 foizidan ortig‘i gazlashtirilganini iddao qiladi.

Lekin yillar davomida qish mavsumi uchun odatiy hol bo‘lgan bo‘lgan gaz va elektr taqchilligi yoz oylarida ham davom etmoqda.

Bu esa oddiy aholi uchun kundalik qiyinchiliklardan tashqari, tadbirkorlarning faoliyatiga ham jiddiy zarar yetkazmoqda.

XS
SM
MD
LG